MOʻLALI BOTIGʻI

MOʻLALI BOTIGʻI — Qizilqumdagi botiq. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida, Taxtatov va Yetimtogʻ tizmalarining jan. etaklarida joylashgan. Jan. gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 38—42 km, eni 10—30 km. Eng chuqur joyining mutlaqbal. 150 m. Oʻrtacha chuq. 35—40 m. Qadimda bir necha marta dengiz bosgan, neogen davridan boshlab Moʻlali botigʻi qoz. shaklini ola boshlagan. Uchlamchi va toʻrtlamchi davr choʻkindi jinslari kum, gil va qumtoshlardan iborat. Botiqning jan. qismida tekis, koʻzanakli doʻng, marzali qum shakllari tarkib topgan. Ilgari Moʻlali botigʻidan tuz qazib olingan. Iqlimi keskin konti-nental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2,5°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 100 — PO mm. Moʻlali botigʻida shoʻrxok, shoʻrtob, taqir, qumli, togʻlarga yaqin joylarda esa shagʻalli tuproklar uchraydi. Qumli yerlarda iloq, oq saksovul, qandim, astragal, shuvoq, efemerlar, shoʻrxok kumliklarda qora saksovul, qorabaroq, sarsazan, baʼzan, yulgʻun, shohilak tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, kaltakesak, ilon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, qumsichqon va b. yashaydi. Moʻlali botigʻida qishda va yozda qorakoʻl qoʻylar, yilqi boqiladi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga 0,5—1 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x