MOʻMINOV

MOʻMINOV Kodir (1947.14.10, Toshkent) — raqqos, baletmeyster. Uzbekiston xalq artisti (1997). Oʻzbek xoreografiya bilim yurtini (1969), Moskva teatr sanʼati in-tini (1979) tugatgan. 1969— 70 y. lar Navoiy teatrida raqqosbaleron, 1971—75 y. lar «Shodlik» ansamblida yakkaxonraqqos, 1979—89 y. lar badiiy rahbar, bosh baletmeyster, 1994-y. dan Uzbekiston davlat ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar, bosh baletmeyster. Moʻminov rake usuli va tasviriy vositalarining anikligi, ijro etilayotgan raqs maz-munini tomoshabinga osonlik bilan yetkaza bilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Raqqos sifatida «Choʻpon», «Andijoncha», «Lagan», «Soʻnmas dovyurak», «Xorazmcha», «Dashnobod», «Baliqchi va baliqcha», «Doʻstlik», «Tohir va Zuhra» (D. Jabborova b-n) kabi raqslarni ijro etgan. «Sayil», «Katta oʻyin», «Soqiynomai savti kalon», «Qashqarchai moʻgʻulchai dugoh», «Uzbekiston vatanim mening», «Zarafshon vohasi raqslari», «Buxoro naqshlari» kabi raqs-syuitalar, «Dilxiroj», «Gulla-yashna hur Uzbekiston», «Zilola», «Norim-norim», «Andijon polkasi», «Baxtiyor yoshligim» va b. raqslarni sahnalashtirgan. Moʻminov hakida «Mardimaydon» (1990) filmi suratga olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x