MOʻMINOV Ramizulla Abdullayevich

MOʻMINOV Ramizulla Abdullayevich (1941.24.10, Toshkent viloyati Qibray tumani) — fizik olim, Uzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1979), prof. (1990). ToshDU ni tugatgan (1963). Uzbekiston FA Fizikatexnika itida ilmiy xodim (1970 — 71), direktor oʻrinbosari (1971—76), maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984— 88), yetakchi ilmiy xodim (2002-y. dan). Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim boshligʻi (1991— 92), Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasining Davlat ilmiytexnika ax-borot fondi direktori (1996-2002).

Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob-uskunalar yaratishga oid. U qattiqjismlarda tashqi taʼsirlar — kuchli impuls magnit maydoni, ultratovush toʻlqinlari kabi taʼsirlar yordamida butunlay yangicha fizik jarayonlar keltirib chiqarish usullarini birinchi boʻlib rivojlantirdi. Uning izlanishlari natijalari asosida yadro nurlarini oʻlchovchi — yarimoʻtkazgich detektorlari, lazerlar, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob-uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu asbobuskunalar, fazo va suv osti kemalarida, termoyadro sintezi qurilmalari va b. da keng qoʻllanilyapti. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1992).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x