Shoshlik muhaddislar. Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy


Post Views:
61

Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy — ishonchli muhaddis bo‘lib[1], u Shosh vohasining Xarashkat[2] shaharchasida tug‘ilgan. Abu Sa’d Sam’oniy Xarashkatiy — Xarashkat Shosh shaharlaridan biri bo‘lib, bu yerdan ko‘p olimlar chiqqan. Bulardan Abu Said Sa’d ibn Abdurahmon Xarashkatiy bo‘lib, u Yusuf ibn Ya’qub qozi, Muhammad ibn Abdulloh Hazramiylardan hadis rivoyat qilgan. 340/952 yilda vafot etgan[3].

Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy Abd ibn Muhammad Hamidning tafsiri va musnadini 249/863 yilda o‘rganib, undan hadis ilmidan ta’lim olgan. Manbalarda qayd etilishicha[4], Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiydan 318/930 yil sha’bon oyida Shosh shahrida Abu Hotam ibn Hibbon, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamavayhi Saraxsiy va boshqalar hadis eshitishgan. Mashhur muarrix Shamsuddin Zahabiyning xabar berishicha, Saraxs shahri xatibi ibn Hamavayhi Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiyning «Musnadi kabir» va tafsirini o‘rgangan[5].

Ma’lumki, Saraxs xatibi Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamavayhi Imom Buxoriy «Sahihi»ning roviylaridan bo‘lgan[6]. U Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy va Abbos ibn Umar Samarqandiylardan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan.

Umuman olganda, aksariyat manbalarda[7] Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy ishonchli muhaddis sifatida e’tirof etilib, ko‘plab hadislarning roviysi sifatida keltirilgan. «Siyar a’lom an-nubalo» asarida ta’kidlanishicha, Ibn Xuzaymning siyrati va faoliyati to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar yetib kelmagan. U ishonchli muhaddislar sirasidan bo‘lib, 90 yil umr ko‘rgan[8].

Ne’matullo MUHAMEDOV

SHOSH VOHASI OLIMLARINING ILMIY-MA’NAVIY MEROSI

[1] Siyar a’lom an-nubalo. 14-jild. -B. 486

[2] Qarang: at-Taqyid. 1-jild. -B. 189

[3] Abdulkarim Sam’oniy. Nasabnoma (al-Ansob). -Buxoro, 2003. -B. 204

[4] Qarang: Siyar a’lom an-nubalo. 14-jild. -B. 486; Takmilat al-ikmol. 2-jild. -B. 18

[5] Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 492

[6] Takmilat al-ikmol. 2-jild. -B. 18

[7] Qarang: Tazkirat al-xuffoz. 2-jild. -B. 534; Abu Abdulloh ibn Abdulvohid ibn Ahmad Xanbaliy Maqdisiy. al-Ahodis al-muxtor. -Makkai mukarrama: Maktabat an-naxdat al-hadis, 1410 h. 1-jild. -B. 175, 455; Tahzib al-kamol. 14-jild. -B. 430; Ahmad ibn Ali ibn Hojar Abulfazl Asqaloniy. Tahzib at-Tahzib. -Bayrut: Dor al-fikr, 1984. 5-jild. -B. 167; Takmilat at-ikmol. 2-jild. -B. 18

[8] Siyar a’lom an-nubalo. 14-jild. -B. 431

https://shosh.uz/uz/shoshlik-muhaddislar-abu-ishoq-ibrohim-ibn-xuzaym-shoshiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x