MIS TANGALAR

MIS TANGALAR — misdan zarb qilingan qadimgi tanga pullar. Sharqda misdan turli narsalar yasash mil. av. 4ming yillikdan beri maʼlum. Mis tangalar mil. av. 8-a. ning oxiri —7-a. ning boshlarida Qad. Lidiya davlatida paydo boʻlgan, Oʻrta Osiyoda mil. av. 4-a. dan boshlab muomalaga kirgan. Afrosiyob hududida Salavkiylar davlati podshosi Antiox 1 nomi yozilgan Mis tangalar (mil. av. 3-a.), Buxoro vohasidan kamonchi tasviri tushirilgan mayda Mis tangalar (mil. av. 4-a.) topilgan. 4-a. da Sugdiyona va unga tobe yerlardagi aholi M. t. dan foydalangan. 7-a. oʻrtalarida Sugdiyona davlatida 1 kg misdan oʻrtacha 425 tanga, 8-a. oʻrtalarida esa 1 kg misdan oʻrtacha 963 tanga zarb qilingan. Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid Mis tangalar xazinasi topildi. Mis tangalar kumush tangalarga qoʻshimcha si-fatida ishlatilgan.

Ad.: Smirnova O. I., Katalog monet s gorodiщa Pendjikent, Mis tangalar, 1963; Smirnova O. I., Ocherki iz istorii Sogda, Mis tangalar, 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x