MIRTEMIR

MIRTEMIR (taxallusi; asl ismsharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda taʼlim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va Oʻzbek erlar bilim yurtida (1925—29) tahsil kurgan. 1929-y. Samarqandga borib Oʻzbekiston Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida oʻqiy boshlagan. U shu yillarda «Kizil kalam» adabiy tashkilotining aʼzosi sifatida Botu, Oltoy singari «millatchilar» bilan aloqada boʻlganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan (1932.8.8.). Kamoqdan ozod boʻlgach, «Yangi hayot» gaz. da adabiy xodim (1936), respublika radioqoʻmitasida bosh muharrir (1941). Oʻzdavnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943— 44), Yozuvchilar uyushmasida boʻlim mudiri va maslahatchi (1957 — 64), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965— 66) lavozimlarida xizmat qilgan.

Mirtemirning ilk sheʼrlar toʻplami — «Shuʼlalar qoʻynida» (1928) milliy sheʼriyatimiz uchun yangi janr — sochma (nasriy sheʼr) janrida yozilgan boʻlib, davrning muhim masalalariga bagʻishlangan. Shundan keyin Mirtemir «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «Bong» (1932) sheʼriy toʻplamlarini eʼlon qilgan.

30-y. lar oʻzbek sheʼriyatida doston janri katta mavqe kasb etadi. Mirtemir ham shu davrda «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning toʻyida» (1938), «Qoʻzi» (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning aksarida oddiy mehnat axli vakillari obrazini yaratadi. Umuman, Mirtemirning sheʼr va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida «sheʼriyatbop» jihatlarni, ular ruhiy olamidagi goʻzallik jilvalarini oʻziga xos noziklik va zakiylik bilan koʻradi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi davrida, ayniqsa, yorqin koʻrinadi.

2-jahon urushidan keyingi yillardagi adabiy siyosat natijasida M. Ga ijod etish va yozgan asarlarini eʼlon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarjima va tahrir ishlari bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan. Qoraqalpoq sheʼriyatidan qilgan tarjimalari va «Krraqal-poq daftari» (1959) sheʼriy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi Mirtemirning «erkin» ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi boʻldi. «Qoraqalpoq daftari»da (1957) namoyon boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik gʻoyalari shoirning qozoq, qirgʻiz va turkman diyorlariga qilgan safarlari taʼsirida yozilgan sheʼrlarida katta mahorat bilan davom ettirildi. Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» turkumidan oʻrin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60—70-y. larda oʻzbek sheʼriyatida doston janriga eʼtiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Mirtemirning 60—70-y. larda yaratgan aksar sheʼrlari 20-a. oʻzbek sheʼriyatining tom maʼnodagi durdonalaridir. U shu davrda sheʼriy texnikani mukammal egallagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuygʻulari bilan yashagan, shu muqaddas tuygʻularni yonar soʻz bilan ifodalagan shoir sifatida ham shuhrat qozondi. Mirtemir oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy xayotini, tilining kamalak ranglarini, dilidagi orzu va armonlarini yaxshi bilgan, inson qalbidagi ruhiy kolliziyalarni teran his qilgan va tasvirlagan shoirdir. Mirtemir ningchin maʼ-noda xalq shoiri, milliy shoir boʻlganligi uning, ayniqsa, «Onaginam», «Toshbu», «Norbuvi», «Pattining hasratlari» singari oʻzbek ayollariga xos mehr-muhabbat, or-nomus, malohat, sabrtoqat va mehnatsevarlik fazilatlari kuylangan sheʼrlarida oʻz tajassumini topgan. Mirtemir bu va b. sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga xos xalqchillik ruhini behad darajada oshirdi. Ayni paytda Mirtemir sheʼrlari syujetliligi, tasvir etilayotgan zamon va makonning anikligi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqinligi va bokiraligi bilan ajralib turadi.

Mirtemir sheʼriy ijodining muhim bir qismini qoʻshiqlar tashkil etadi. Shoir Katta Fargʻona kanali kurilishiga bagʻishlangan «Yali-yali», shuningdek, «Bogʻ koʻcha», «Bir goʻzal», «Qaro koʻzli», «Oʻynasin», «Boqishi», «Ustina» singari qoʻshiklar bilan oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati ravnaqiga bebaho hissa qoʻshdi. Shu b-n birga, Mirtemir bir qancha publitsistik va adabiytanqidiy maqolalar mu-allifi. Mirtemir oʻtgan asrning 60-y. larida oʻzbek sheʼriyatiga kirib kelgan talaygina yoshlarga ustozlik qilib, oʻzining adabiy maktabini yaratdi.

Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq sheʼrlaridan tashqari, qirgʻiz xalqining «Manas» eposini (hamkorlikda), Shota Rustavelining «Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon» (hamkorlikda), A. S. Pushkinning «Ruslan va Lyudmila», «Oyimqizqishloqi qiz», M. Yu. Lermontovning «Ismoilbek», «Savdogar Kalashnikov haqida qissa», N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi» kabi doston, qissa va ertaklarini, G. Geyne, A. M. Gorkiy, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vurgʻun va b. ning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Karmen» va «Ulugʻ-bek» operalari, «Natalka-poltavka», «Bayadera», «Keto va Kote» singari musiqali dramalar Mirtemir tarjimasida oʻzbek tilida sahnalashtirilgan.

Mirtemir Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1977) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002). Toshkentdagi koʻcha va Andijon viloyati, Boʻz tumanidagi maktablardan biri Mirtemir nomi b-n atalgan. Shoir tugʻilgan Eski Iqon qishlogʻida Mirtemir uy-muzeyi barpo etilgan.

Ac: Asarlar [4-j. li], 1—4-j. lar, T., 1980-83.

Ad.: Azizov Q., Mirtemir, T., 1969; Xalilov T., Mirtemir mahorati, T., 1980; Mirtemir zamondoshlari xotirasida, T., 1982; XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x