MIRSHODI NEFT KONI

MIRSHODI NEFT KONISurxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan. 1984-y. da ochilgan. Keyinchalik sanoat ahamiyatiga molik neft olinadigan quduqlar soni ortib bordi. Neft 1-, 2 – va 3-gorizontlarda uchraydi.

1-gorizont kesmaning yuqorisida joylashgan boʻlib, dolomitlashgan yorikli bitumli ohaktoshlardan tuzilgan. Orasida toʻq kulrang mergellar ham uchraydi. Qalinligi 18—20 m ga teng boʻlib, 8—15 m li angidrit katlami bilan ajralgan.

2-gorizont yorikli kulrang ohaktoshlardan tashkil topgan. Ular angidrit, mergel va qumtoshlar bilan aralashgan. Umumiy qalinligi 25—35 m va 5—11 m boʻlgan angidrit mergelli qatlam bilan ajralgan.

3-gorizont kesmaning oʻrtasida joylashgan boʻlib, gʻovakli, bitumli, yoriqli ohaktoshlardan tuzilgan. Ular orasida mergel qatlamlari uchraydi. Qalinligi 20—40 m boʻlib, 53 m angidrit bilan ajralgan.

Mahsuldor qatlamlarning oʻrtacha gʻovakliga 10—19% , baʼzan 20% dan ziyod. Oʻtkazuvchanlik 10 millidarsigacha. Shu sababli quduqlarning karbonat ohaktoshli jinslari anchagina yoriqpikka ega va yuqori mahsuldorligi shundan.

Buxoro va oqjar qatlaridagi neftlar tarkibi bir xil, ularning zichligi 0,900—0,958 g/sm3 ga teng, oltingugurt miqdori yuqori (3,25—4,7%). Smola 65 — 90%, parafin 3,2—3,8%, asfaltenlar 4,2—7,0% atrofida oʻzgaradi. Neft quyuq, qovushqoq, 1—20° da qotadi. Neft konidan 15 ta quduq orqali qariyb 80 ming t neft olinmoqda (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x