MOYLISUV NEFT-GAZ KONI

MOYLISUV NEFT-GAZ KONI — Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatidagi kon. Moylisoy sh. dan 6 km jan. da. 1907-y. da topilgan. Jami 5 ta strukturaning turtinchisi sanoat ahamiyatiga molik. Kon joylashgan hudud shim. dan jan. tomon 1600 m dan 600 m gacha pasayib boradi. Dastlabki neft 1948-y. kovlangan quduqdan otilib chiqqan. 1950-y. dan neft va gaz olina boshladi. Gaz uyumlari boʻr yotqiziqlari gorizontlarida aniqlangan.

Moylisuv neft-gaz koni paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasiga mansub jinslarda joylashgan. Paleozoy yotqiziqlari toʻq yashil argillitdan iborat. Mezozoy yotqiziqlari yura va boʻr qatlamlaridan tashkil topgan, qalinligi 60—70 m boʻlgan kulrang va qizgʻish qumtosh, alevrolit hamda giltoshlardir. Bur davri yotqiziqlari umumiy qalinligi 900— 1000 m qalinlikdagi giltosh va alevrolitlardan tuzilgan. Paleogenning umumiy qalinligi esa 250—286 m. Baqtriya yotqiziqlarida strukturaning uz. 13—14 km, eni 3,5 km. Konning 9 ta gorizontida gaz mavjud. Gorizontlarning umumiy qalinligi 52 m gacha, gʻovakligi 10—25%. Qatlam bosimini dastlabki koʻrsatkichi 16,8 — 33,2 Mpa. Uyumning uz. 2,5—5 km, eni 1,0—2,1 km. Quduqlar debiti 5—523 ming m3/sut. Gazning havoga nisbatan zichligi 0,626—0,670. Metan mikdori 94,6—96,8%. Qatlam suvlari, asosan, xlorkalsiyli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x