MIRONSHOH

MIRONSHOH, Jaloliddin Amiranshoh (1366—1408) — Xuroson (1380), Eron, Iroq (1393) va Eron Ozarbayjoni (1402) qukmdori. Amir Temurning 3-oʻgʻli. Onasi Minglibiy ogʻo. M. Temurning Xuroson yurishida qatnashgan (1380). Temur M. ni Xurosonga hokim, 1393-y. Eron va Iroq hukmdori qilib tayinlaydi. Temur 1397-y. M. bilan birga Eron Ozarbayjoniga yurish qilib 1402-y. uni egallaydi va Mironshohga topshiradi. Mironshoh oʻz poytaxtini Tabrizdan Ozarbayjonning Sultoniya sh. ga kuchiradi. 1382-y. da marhum akasi Ja-hongir Mirzoning katta bevasi Xonzoda (Sevin beka) begimga uylanadi. Xonzoda begim Oʻzbekxonnint nabirasi boʻlgani tufayli «Koʻragon» degan nomni olishga musharraf boʻladi. 15-a. ning oxiridagi diplomatik yozishmalardan hozirgacha saqlanib qolgan va lotin tilida boʻlgan ikki hujjat (xususan, Angliya qiroli Genrix IV bilan yozishmalar) Mironshoh nomi bilan bogʻliq. Keyingi paytlarda Mironshoh maishatga berilib, davlat ishlariga qaramay koʻyadi. Uzluksiz bazm va koʻngil ochar oʻyinlar xazinaga sezilarli darajada zarba beradi. Mamlakatda tartib buziladi. Bundan xabar topgan Amir Temur 1399-y. Sultoniyaga kelib Mironshohni hokimiyatdan chetlatadi. 1408-y. 21 apr. da Mironshoh Ozarbayjon hukmdori Kora Yusuf bilan boʻlgan jangda oʻldiriladi va Surxob tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat oʻtgach, uning xoki Shaxrisabzga — Temuriylar daxmasiga, keyinchalik esa Samarqandga olib kelinib Goʻri Amirga dafn etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x