Eng katta metropoliten.

Eng katta metropoliten.

▪️Dunyodagi eng yirik metropoliten Nyu-York metropoliten tizimi bo’lib 34 ta yo’lga biriktirilgan. Metroning umumiy uzunligi 1355 kilometrni tashkil qiladi. Aholi boshiga avtomobillar soni bo’yicha eng katta ko’rsatkichga qaramay, mazkur shaharda metro ancha ommalashgan. Nyu-york metrosidan kuniga taxminan 4 million yo’lovchi foydalanadi.Yo’lovchilarga yengillik yaratish maqsadida, bekatlar yer ustida joylashgan obyektlarning nomi bilan atalgan.

Biroq, Nyu-Yorkda bir xil nomli ko’chalar ko’pligi tufayli, bekat nomi yoniga yo’l raqami ham qo’shiladi. Nyu-York metrosi yana bir ko’rsatkich bo’yicha rekord o’rnatgan. “To’qqizinchi ko’cha” nomli bekat yer ustidan 27 metr balandlikda joylashgan. Bu bekat uchun ikkita antiqa platforma va shaharga chiquvchi eskalator qurilgan. Metropoliten so’zining to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi “poytaxt temir yo’li” degan ma’noni anglatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x