MEXIKO

MEXIKO — Meksikaning markazidagi shtat. Mayd. 21,5 ming km2. Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Toluka sh. Markaziy Mesa togʻligining jan. qismi, qisman Vulkanli Syerra togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Toluka togʻ oraligi havzasi va sharqda Mexiko havzasini oʻz ichiga oladi. Vulkan harakatlari faol seysmik r-n hisoblanadi. Iklimi tropik, togʻli iqlim, oʻrtacha oylik t-ralar 9—12° dan 15—18° gacha. Yillikyogʻin 500—1000 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan, 4000 m dan baland yerlar yaylovlardan iborat. Xoʻjaligining asosini q. x. tashkil etadi. Ekin maydonining 40% lalmikor yerlar (makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sugʻoriladigan yerlardan iborat. Toluka sh. atrofida bugʻdoy ekiladi, sut chorvachiligi, shimoliy r-nlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, metallsozlik, sunʼiy oʻgʻitlar i. ch.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x