MAO DUN

MAO DUN (taxallusi; asl ismsharfi Shen Yanbin) (1896, Chjeszyan viloyati — 1981.27.3, Pekin) — xitoy yozuvchisi. Ijtimoiy-psixologik nasr ustasi, zamonaviy xitoy adabiyotining yirik namoyandalaridan. Ijodi 20-a. ning 20-y. laridan boshlangan. «Tutilish» trilogiyasi Xitoydagi 1924—27 y. lardagi inqilobiy voqealar haqida. Mao Dun 1928—30 y. larda Yaponiyada muxrjirlikda boʻlgan. U yerda «Naʼmatak», «Oʻtgan yilgi oʻt» (1929) hikoyalar toʻplamini va Xitoy hayoti ijtimoiy taxlil qilingan «Kamalak» romanini (tugallanmagan) yozgan. Chet eldan qaytgach, Xitoy soʻl yozuvchilari ligasining ilgʻor aʼzolaridan biri boʻlgan. «Qishloq trilogiyasi» (1932—34)da iqtisodiy inqiroz natijasida yuz bergan dehqonlarning qurolli qoʻzgʻoloni tasvirlangan. «Tong oldidan» romani (1933) yangi Xitoy adabiyotining yutuk,laridandir. Unda 30-y. lar boshidagi Xitoy shahar va qishloklari hayotining keng manzarasi berilgan.

Yaponiya bilan boʻlgan urush yillarida (1937—45) Mao Dun «Birinchi bosqich haqida qissa» (1939), «Inqiroz» (1941), «Yengilishdan soʻng» (1942) asarlarini yaratdi. Urush tugagach, «Matonat» romani (1948, tugallanmagan) ustida ishladi. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid asarlari borTarix va tarixiy dramalar haqida», 1962 va b.).

Ac: Hikoyalar, T., 1955.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x