KUMUSHKON POLIMETALL KONI

KUMUSHKON POLIMETALL KONIToshkent viloyatining Parkent tumanida, Chatqol togʻlarining jan.gʻarbiy qismida, Parkentsoyning chap sohilida. Qizilnura kvarsli porfirlar kontakt zovalariga toʻgʻri keladi.

Qad. da (1 —18-a. lar) Kumushkon polimetall konidan faqat kumush qazib olingan, shuning uchun «Kumushkon» deb atalgan. Kon yaqinida 1940-y. larda konchilar qishlogʻi vujudga kelgan. Keyinroq Kumushkon polimetall konida qoʻrgʻoshin, pyx, kadmiy va b. elementlar borligi aniqlandi. Kumushkon polimetall konining geologik tuzilishida devon va toshkoʻmir davri oxaktosh qatlamlari va yuqori toshkoʻmir davri magmatik togʻ jinslari ishtirok etgan. Kon hududidagi ohaktosh qatlamlari Zarkent antiklinalining bir qismini tashqil qiladi. Trias davrining 2-yarmida Kumushkon polimetall koni maydonida shim.-gʻarbiy va shim.-sharqiy yoʻnalishda tektonik siniklar vujudga kelgan. Bu siniklar boʻylab magma yuqoriga koʻtarilib, kvarsporfirli daykalar hosil qilgan. Kon rudalari toshkoʻmir davri ohaktoshlari kontaktida va shu kontakt zonasida joylashgan. Olimlarning fikricha, yer qaʼridan koʻtarilgan ruda hosil qiluvchi gidrotermal eritmalar kvarsporfirli daykalar bilan ohaktoshlar kontakta zonasidagi siniklar boʻylab harakat qilgan va at-rofdagi togʻ jinslari, ayniqsa, ohaktoshlar bilan reaksiyaga kirishib, oʻz tarkibida qoʻrgʻoshin, pyx, kumush va b. elementlarni turli minerallar holida qoldirib ketgan. Rudalar linzasimon, quvursimon va uyasimon jinslar koʻrinishiga ega. Ularning qalinligi 3—8 m, chuq. 50 m dan 150 m gacha, tarqalish kengligi 10 m dan 80 m gacha choʻzilgan. Konda foydali minerallardan galenit, sfalerit, pirit koʻp; xalkopirit, tetraedrit, burnotit, argentit, tugʻma kumush, flyuorit minerallari esa ikkinchi darajali. Aniq razvedka qilingan ruda zahiralari tugagani uchun Kumushkon polimetall konida qon qazish ishlari 1959-y. toʻxtatib koʻyiddi, hrzirda foydalanilmaydi. Kumushkon polimetall koni atrofidan ruda eriti-ladigan oʻchoq qoldiqlari, shlak uyumlari, sopol idishlar va kon qazuvchilarning ibtidoiy qurollari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x