LELUAR Luis Federiko

LELUAR Luis Federiko (1906.6.11 — Parij—1987.2.12) — argentinalik biokimyogar. Buenos-Ayres un-tini tugatgan (1932), Kembrij (1935—36) va Sent Luis (AQSH) un-tlarida ishlagan. Biokimyo tadqiqotlari in-ti rektori (1947-y. dan), Buenos-Ayres unti prof. (1962-y. dan). Asosiy tadq-iqotlari uglevodlar biokimyosiga oid. Birinchi qand nukleotidi — uridin-difosfatglyukozani (1951), purin va pirimidin hosilalariga taalluqli juda koʻp nukleotiddifosfatqandlarni (NDFqandlar) kashf qilgan (1950—60). Shu kashfiyotlarga asoslanib koʻpgina uglevodlar, jumladan, glikogen (1959) va kraxmal (1960) biosintezi mexanizmini tushuntirib bergan. Nobel mukofoti laureata (1970).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x