KOSTROMA VILOYATI

KOSTROMA VILOYATI — RF dagi viloyat, 1944-y. 13 avg. da tashqil etilgan. Mayd. 60,1 ming km2. Aholisi 786,3 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga boʻlingan; 12 shahar, 8 shaharcha bor (1998). Markazi — Kostroma sh.

Kostroma viloyati hududi past-baland tekislik. Fapbida Kostroma pasttekisligi, markazida Galich-Chuxloma qirlari va Unja pasttekisligi, shim.-sharqida Shim. Uvallar bor. Foydali qazilmalari: yonuvchi slaneslar, torf, fosforit, sapropel. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan,-gʻarbda —11,7° dan shim.-sharqda — 14,2° gacha, iyulniki jan.-gʻarbda 17,9° dan shim.sharkda 17,6° gacha. Yillik yogʻin 550—600 mm.

Vegetatsiya davri 110—140 kun. Viloyat hududidan Volga, Kostroma, Unja, Vetluga daryolari oqib oʻtadi. Yirik koʻllari: Galich va Chuxloma. Tuprogʻi chimli podzol, chimli, qumoqli, qumli, va qumloqli, torf-botqoq, allyuvial tuproqlar.

Viloyat iqtisodiyotida oʻrmon xoʻjaligi (oʻrmonlar viloyat hududining 60% ni egallaydi) yetakchi oʻrinda. Yogʻochtola va yogʻoch qirindidan ishlangan plitalar, karton ishlab chiqariladi. Yirik oʻrmon sanoat xoʻjaliklari: Manturovo, Buy, Galich va b. Sharyada uysozlik k-ti, Neya, Manturovo sh. da yogʻochsozlik z-dlari, Kostroma, Manturovo sh. da fanera z-dlari, Aleksandrove sh. da qogʻoz f-kasi ishlab turibdi. Mashinasozlik korxonalarida metall kesuvchi, yogʻochsozlik stanoklari, eksqavator, yigiruv mashinalari ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning yirik zavodlari — eksqavator, kemasozlik-mexanika, toʻqimachilik mashinalari, stanoksozlik, «Stroymashina» z-dlari, «Motordetal», «Avtoliniya», «Kostromatekstilmash» va b. korxonalar. Qurilish materiallari sanoati yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, qurilish gʻishti, oyna-shisha, shagʻal ishlab chiqaradi. Oziqovqat sanoatida moy, pishloq z-dlari,, yirik yorma f-kalari, goʻsht k-tlari bor. Zigʻir tola sanoati mahalliy xom ashyo asosida rivojlanmokda (Kostroma, Nerexta). Yengil sanoatda tikuvchilik, trikotaj, poyabzal tarmoqlari mavjud. Xalq zargarlik sanʼati mashhur. Kostroma GRES elektr energiya bilan taʼminlaydi. K-X – da bugʻdoy, javdar, arpa, suli, yem-xashak ekinlari, tolali zigʻir ekiladi. Kartoshkachilik va sabzavotchilik b-n shugʻullaniladi. Sut, sut-goʻsht chorvachiligi, qoʻychilik, choʻch-qachilik, parrandachilik rivojlangan. Volga, Kostroma daryolarida kema qatnaydi. Soligalich kurorta bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x