KOTONU

KOTONU — Beninning jan. qismidagi shahar. Atlantika provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning boshqaruv va hukumat muassasalari Kotonuda joylashgan. Aholisi 536 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Gvineya qoʻltigʻidagi port (palma magʻzi va moyi, kopra, kofe, paxta eksport qilinadi). T. y. stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Yogʻoch qayta ishlanadi. Hunarmandchilikda yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan, savat toʻqiladi. Issiqlik elektr st-yasi, botanika bogʻi, Benin muzeyi, shahardan 15 km shim. da un-t bor. Shaharga 19-a. ning 1-yarmida asos solingan.

Loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x