HAYDALMA YER

HAYDALMA YER, ekin yer — muntazam haydaladigan va foydalaniladigan, odatda turli ekinlar ekiladigan q. x. yerlari (q. Yer fondi). Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Haydalma yer doimiy sugʻoriladigan, shartli sugʻoriladigan va lalmikor yerlarga boʻlinadi. Doimiy sugoriladigan Haydalma yerda ekinning suvga talabi vegetatsiya mobaynida toʻla taʼminlanadi. Shartli sugoriladigan Haydalma yerda oʻsimliklarning suvga boʻlgan talabi qisman (70% gacha) qondiriladi. Lalmikor yerlar yogʻinlardangina taʼminlanadi. Oʻzbekistonda suv taʼminotining yaxshilanishi va yerlarni oʻzlashtirish hisobiga sugʻoriladigan Haydalma yerlar maydoni ortib, shartli sugʻoriladigan hamda lalmikor yerlar maydoni kamayib bormoqda. Sugʻoriladigan Haydalma yer partov, foydalanilmaydigan va b. yerlarni oʻzlashtirish hisobiga ham koʻpaydi. Turli maqsadlar, ayniqsa, q. x. ga bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun q. x. yerlaridan yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi (1998, 30 apr.) bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami q. x. yerlari 26753,6 ming ga, shundan Haydalma yer maydoni 4056,6 ming ga ni tashkil etadi (2005). 2004-y. da barcha toifadagi xoʻjaliklarda q. x. ekinlari 33691,5 ming ga maydonga ekildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x