HAZRATQULOV

HAZRATQULOV Abdukarim (18951976) — shahrisabzlik kulol, koshinkor usta; ustazoda. Hunarni otasi usta Hazratqul va amakisi usta Rus-tam Egamberdiyevdan oʻrgangan; gʻijdu-vonlik usta Muroddan sopol buyumlarga naqsh ishlash usullarini, meʼ-moriy koshinlar tayyorlashni oʻzlashtirgan. Hazratqulov Shahrisabz kulolligi anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi: yengil gulli hoshiya bilan oʻralgan yirik (2—6 ta) aylanalarda «ol-malardan tup (daraxt)» yaratadi; mayin sariq, oq, yashil rang tuslari bilan sopolning tabiiy rangi uygʻunligida joʻshqin, ayni paytda nafis tasvirlar ishlaydi. Ifodalilik hamda shaf-fof yengil oquvchan boʻyoqlar ustaning oʻziga xos uslubini belgilaydi. Hazratqulov ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x