HAYDAROV Boriy Azizovich

HAYDAROV Boriy Azizovich (1909.23.12 – Toshkent — 1986.21.5) — aktyor, dublyaj rej. i. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Leningrad sahna sanʼati in-tini tugatgan (1932). Faoliyatini «Oʻzbekkino»da boshlab (1928—29), soʻngra «Lenfilm», «Oʻzbekfilm», «Turkmanfilm», «Tojikfilm» studiyalari filmlarida aktyor sifatida qatnashgan. 1946-y. dan «Oʻzbekfilm»da dublyaj rej. i boʻlgan. «Mening Vatanim», «Yer qoni», «Um-bar», «Volochayev kunlari», «Azamat», «Uning nomi Suxe-Bator», «Oʻlim qudugʻi», «Jarroh», «Doʻstlar qayta uchrashadilar» kabi filmlarda turli xarakterdagi rollar ijro etgan. «Razvedkachi jasorati», «Qishloq oʻqituvchisi», «Bir yilning toʻqqiz kuni», «Tinch okar Don», «Ona Hindiston», «Ochilgan qoʻriq» singari 250 dan ortiq filmning dublyaj rej. i boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x