ASKARIY MIRZO
ASKARIY MIRZO (1512-1558) — Mevat va Qandahor hokimi (1530—51). Boburiylardan. Boburning uchinchi oʻgʻli. Komron Mirzo qutquvi bilan boburiylar hukmdori Humoyunga qarshi bir necha marta isyon koʻtargan va nihoyat Kobul yaqinida boʻlgan jang (1551) da asir olinib, oʻzining talabiga koʻra hajga joʻnatilgan. 1558-y. yoʻlda olamdan oʻtib, Makkadagi qabristonga dafn etilgan.