ASALARI BOʻRISI

ASALARI BOʻRISI, filant (Philanthus triangulum) — kovlovchi arilar (sphecidae) oilasiga mansub xasharot. Uz. 17 mm gacha, yerdagi kovaklarga, koʻpincha uncha katta boʻlmagan jarliklarga uya quradi. Urgʻochisi oʻz naslini falajlangan arilar bilan boqadi yoki ular yiqqan nektardan foydalanadi. Filantlarning boshqa turlari yakka yashovchi arilarni ovlaydi. Asalari boʻrisi asalarichilikka katta ziyon keltiradi. Kurash chorasi asalarilar bo-qiladigan joylar yaqinidagi Ab. uya qurishi mumkin boʻlgan, foydalanmaydigan joylarni haydab, ularning uyalarini buzib tashlashdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x