ASBOBSOZLIK POʻLATI

ASBOBSOZLIK POʻLATI — turli asboblar, keskichlar, sovuqlayin va qizdirib deformatsiyalash shtamplari, oʻlchash asboblari va b. yasash uchun ishlatiladigan poʻlat. Tarkibida, odatda, 0,6 dan 1,4% gacha uglerod boʻladi. Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (kup legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik b-n ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 — 300° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar, oʻlchov asboblari hamda shtamplari tayyorlash uchun, tezkesar Asbobsozlik poʻlati esa katta tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi kirrasi 560 — 600° gacha kiziydigan kesuvchi asboblar tayyorlash uchun moʻljallangan. Uglerodli Asbobsozlik poʻlati «U» harfi va undan keyin qoʻyiladigan raqam bilan belgilanadi. «U» harfi Asbobsozlik poʻlatining uglerodli poʻlat ekanligini, raqam esa poʻlat tarkibidagi uglerod foizining oʻndan bir ulushlarida ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi. Mac, U8 markali poʻlat uglerodli Asbobsozlik poʻlati tarkibida oʻrtacha 0,8% uglerod borligini bildiradi. Uglerodli Asbobsozlik poʻlatining U7, U8, U9, U10, U11, U12, U13 markalari bor. Tarkibida zararli qoʻshilmalar 0,03% dan kam «S» va 0,04 foizdan kam «R» uglerodli Asbobsozlik poʻlatining markasi oxiriga «A» harfi qoʻyiladi, mas, U7A, U8A, U9A va h. k. Legirlangan Asbobsozlik poʻlati koʻp tarqalgan X, 9XS, XG, XVG, XV5, X12, FG, 7X3, 4XS, 4X2V8 markali poʻlatlardir. Harflar tegishli elementlarni bildiradi (mas, X — xrom, S — kremniy, G — marganes, V — volfram, F — vanadiy), harflardan keyingi rakamlar ayni elementning foizlarda ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi (Yana q. Legirlangan poʻlat, Legirlash, Tez kesar poʻlat).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x