ARXIMED

ARXIMED (taxm. mil. av. 287 — Sira-kuza (Sitsiliya) — 212) — yunon mexanigi va matematigi. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi — Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan (q. Arximed qonuni). Mat. ga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari (q. Arximed vinti), yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va b. koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x