MINGBULOQ BOTIGʻI

MINGBULOQ BOTIGʻI — Qizilqumdagi botiq (Navoiy viloyati). Boʻkantovning jan. etagi boʻylab gʻarbdan sharqqa 100 km, jan. dan shimolga 30 — 35 km choʻzilgan. Umumiy mayd. 5400 km2. M. b. asimmetrik sinklinal tarzida tuzilgan boʻlib, shim. da Boʻkantovning Tubabergen, Aytim, Koʻkpatos togʻlari, gʻarb va jan. dan uncha baland boʻlmagan tepaliklar bilan oʻralgan. Botiqning eng past joyi — 12 m (Qizilqumning eng past joyi). Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziklaridan tarkib topgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha t-ra 11 — 15°, yillik yogʻin miqdori 120—140 mm. Shamolning oʻrtacha tezligi 2,3—7,3 m/sek. Bu yerda bir necha bulok, suvlari birlashib, kichik soy hosil qilgan. Mingbuloq botigʻida boʻz tuproq, shoʻrxok, shoʻrtoblar, qumli va shagʻalli tuproqlar uchraydi. Efemer, efemeroid oʻsimliklar, saksovul, astragal va teresken koʻp. Hayvonot dunyosi, asosan, kaltakesak, ilon, toshbaqa, yumronqoziq, qoʻshoyoq, qumsichqonlardan iborat. Mingbuloq botigʻidan yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x