“Agar birorta xato qilsam, Islomni emas, meni malomat qilinglar”

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.

 

  • Hidoyat yoʻlini lozim tut! Unda yuruvchilarning ozligi senga zarar bermaydi. Zalolat yoʻlidan saqlan! Halok boʻluvchilarning koʻpligi seni aldab qoʻymasin.

Fuzayl bin Iyoz rahimahulloh 

 

Ulugʻlarimiz tavsiyalari

Salafi solihlarimiz bir-birlariga quyidagi uch narsani tavsiya qilishardi:

  • Kim oʻzi bilan Allohning orasidagi aloqani isloh qilsa, Alloh taolo u bilan insonlarning orasidagi aloqani isloh qilib qoʻyadi.
  • Kim ichini isloh qilsa, Alloh taolo uning tashini isloh qilib qoʻyadi.
  • Kim Oxirat ishiga koʻp eʼtibor bersa, Alloh taolo uning dunyo va Oxirat ishiga kifoya qiladi. 
  • Men musulmonman. Islom komil dindir. Lekin men komil inson emasman. Agar birorta xato qilsam, Islomni emas, meni malomat qilinglar.

Ahmad Diydot rahimahulloh

 

  • Ey Alloh! Musulmonlarning ishini isloh qilgin! Soʻzlarini haq ustida jamlagin! Qalblarini ulfat qilgin! Ularni eng toʻgʻri yoʻlga yoʻllab qoʻygin! 

https://saviya.uz/ijod/nasr/agar-birorta-xato-qilsam-islomni-emas-meni-malomat-qilinglar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x