Jinsiy Aloqada ayolning xato va kamchiliklari:

Jinsiy Aloqada ayolning xato va kamchiliklari:

Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo’lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo’lishi lozim. Barcha mas’uliyat erkakda deb o’ylamang, aziz ayollar…
Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishtirib o’tamiz:

1. «Men ‘qimirlamay’ yotsam ham bo’ladi. Erim hammasini o’zi bajaradi» degan fikrda bo’lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko’rishni, sezishni istaydi. Erkak «qimirlamay» yotgan ayoli o’ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o’ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o’z tuyg’ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.

2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo’ying. Farzandingiz bugun maktabda «5» baho olgani haqida kechki taomdan so’ng ham suhbatlashsa bo’ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo’lsin. Bundan o’zingiz yutasiz.

3. Birga bo’lishdan oldin bo’rttirilgan pardoz qilmang. Ayolning go’zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to’shakda go’zallik qo’shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo’ying. To’shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo’lib olsangiz yoqimliroq bo’ladi.

4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini o’rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo’lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo’lmasin. Bir xillik zeriktiradi.

5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta’na qilmang, bir narsani undirib olish uchun aloqaga kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne’mat, undan ma’nfaat ko’zlamang.

6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o’zbek ayollariga xos go’zallik. Lekin bir necha yildan beri birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o’tib erkak uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo’lganini istaydi. Nozlanish bilan uyalishning farqi katta…

7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. Erkaklar ko’zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, ko’rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakga yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar kiyib yurishga o’rganing. Tun uchun maxsus kiyimlar (penuarlariz) bo’lsin.

8. Siz ham tashabbuskor bo’ling. Har doim ham eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa davomida harakatlarini o’zgartirishi, yangilarini tadbiq qilishi unga zerikarli bo’lib qoladi. Sizdan ham tashabbus chiqsin. «Bugun mana shunday bo’lsin» yoki «men shunday qilib ko’ray» kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini yanada qizdiradi.

9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat eringiz mas’uliyatli deb o’ylasangiz adashasiz. Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o’z badaningizni, o’z xohish va ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga yetkaza olishingiz lozim.

10. Eringiz qilayotgan ayrim takliflaridan bosh tortmang, albatta me’yorda bo’lsa. Eringiz birga bo’layotganingizda sizdan bir nima talab qilsa, rad etishga shoshilmang, axir bundan siz ham manfaatdorsiz. Ikki sevuvchi qalb orasidagi jinsiy aloqaning asosiy maqsadi bir biriga lazzat ato etish. Eringizni xursand qilish imkoniyati bor ekan, yo’q demang.
Er-xotin butun hayot davomida birga bo’lishni niyat qiladilar. Ular orasidagi jinsiy aloqa esa ana shu hayotning ajralmas qismidir. Uni birgalikda yaxshilash, sifatini oshirish, unga nisbatan faqat ijobiy munosabatda bo’lish, aloqadan har tomonlama baxramand bo’lish va lazzatlanish bu sizning va suyukli yoringizning vazifasi. Buning natijasi esa ahil munosabatlar…

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x