“Aql kichraygani sari gʻurur, maqtanish ziyoda boʻladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****  

Aql kichraygani sari gʻurur, maqtanish ziyoda boʻladi.

«Tarix muxrlagan soʻzlar» 

***** 

Hatto muzdan pokroq, qordan oppoqroq boʻlsang ham sen haqingda chaqimchilik qilishlaridan qochib qutulolmaysan.

Shekspir

***** 

QURʼON TINGLAYLIK!

Qurʼoni Karimni tinglashdan oldin tinglaydigan surangizning tafsirini, maʼnolar tarjimasini oʻqib chiqing! Keyin koʻzingizni yumib, diqqat bilan tinglang! Tinglash oldidan birov halaqit bermaydigan sharoit qilib oling, toki xushuʼ tarqalib ketmasin! Oʻqilayotgan oyatlar haqida tafakkur qiling! Oʻqigan tafsirni koʻz oldingizga keltiring! Insha Alloh, qalbingizda tugʻilganingizdan beri tuymagan lazzat va xotirjamlikni, haybat va qoʻrquvni his etasiz! 

***** 

IMTIHON DUNYOSI

Ey Odam bolasi! Molu dunyoing qani?! Doʻstlaring qani?! Mansabing qani?! Qarindoshlaring qani?! Kibring qani?! Farzandlaring va oilang qani?! Ushbu lahzada seni kim himoya qiladi?! Savolga javob berishga tayyormisan?! Qabrda shafoatching boʻlgan Qurʼonni oʻqib, amal qildingmi yoki tashlab qoʻydingmi?! Himoyaching boʻladigan solih amallarni tayyorladingmi?! Namoz oʻquvchilardan boʻldingmi?! Ey Alloh! Bizga qabr azobidan najot ber!

*****

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ismlariga hurmat

Amerikada taniqli kimsalarning nomi besh qirrali yulduz shaklining ichiga yozib, yerdagi yoʻlakchaga qayd etilgan.

Bokschi Muhammad Alining nomi esa devorga ilib qoʻyilgan. Bokschi Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ismlarining hurmatidan, uni yerga, yoʻlakka qoʻydirmagan. 

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/aql-kichraygani-sari-gurur-maqtanish-ziyoda-boladi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x