MUQIMIY TEATRI

MUQIMIY TEATRI, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-y. 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini «Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi» (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov — badiiy rahbar, F. … Читать далее

PAXTAJIN KB AKSIYADORLIK JAMIYATI

«PAXTAJIN KB» AKSIYADORLIK JAMIYATI — paxta xom ashyosi, jun va bugdoyni dastlabki qayta ishlash majmualari va uskunalarini loyihalash va i. ch. boʻyicha konstruktorlik byurosi. «Oʻzmashsanoat» uyushmasi tarkibida. 1953—94 y. larda paxta tozalash boʻyicha Toshkent Davlat maxsus konstruktorlik byurosi, 1994—2001-y. larda paxta tozalash boʻyicha maxsus konstruktorlik byurosi deb nomlangan. 2003-y. dan hoz. nomda. Toshkent sh. da … Читать далее

XOʻJAYEV Qudrat Umarovich

XOʻJAYEV Qudrat Umarovich (1911.5.5 — Toshkent — 1981.9.8) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artista (1956). Moskva teatr sanʼati intini tugatgan (1936). Ijodiy faoliyatini 1929-y. da Toshkent ishchiyoshlar teatrida aktyorlikdan boshlagan. 1936—41 y. larda va yana 1952-y. dan Hamza teatrida aktyor. 2-jahon urushi qatnashchisi. Yangiyoʻl teatrida rej., Samarkand va Namangan viloyat teatrlarining badiiy rahbari (1942—52). Toshkent … Читать далее

MIKROBIOLOGIYA SANOATI

MIKROBIOLOGIYA SANOATI — sanoat tarmogʻi; i. ch. jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va b. ning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda … Читать далее

MAMATBUVA HOFIZ

MAMATBUVA HOFIZ (asli Muxammad Sattorov; 1885.14.1 — Margʻilon — 1969.4.3) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1941). Xalq xonanda va sozandalari (Boltaboy hofiz va b.)dan xalq ashula yoʻllarini oʻrgangan. Hamza boshchiligidagi agitbrigada, Oʻzbek etnografik truppasida (1925—26), Hamza teatrida (1926—30) xonanda. Urush yillari Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh sanʼatkorlarga ashula yoʻllarini oʻrgatgan. G. Raximova rahbarligidagi … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

TOSHKENT

TOSHKENT — shahar, Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoattransport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shim. sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha t-ra 13,3°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga … Читать далее

ERGASHEVA

ERGASHEVA Buxajal (1951.12.5, Yangiyoʻl shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika intini tugatgan (1974). 1974—99 yillarda Yangiyoʻl tumanidagi 33maktabda, «Xalqobod» litsey internatda ingliz tili oʻqituvchisi, litsey internat direktori, 1999-yildan Yangiyoʻl shahridagi akademik litseyda ingliz tili oʻqituvchisi. Loading… Пост Навигацияси Previous PostERGASHEV Erkin Hamidovich Next PostERGASHISH

OʻRTAOVUL

OʻRTAOVUL — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974 yil dan). T. y. stansiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 km jan. da. Aholisi 17,2 ming kishi (2004). Goʻsht kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qoʻshma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyoʻl va boshqalar … Читать далее

KONYAK

KONYAK (Fransiyadagi Konyak sh. nomidan) — oq uzumdan olingan konyak spirtidan tayyorlanadigan ichimlik. Olingan 65—70% li spirt eman (dub) bochkalarda saqlanadi. Bochka taxtachalarining orasidan kirgan kislorod hisobiga yangi Konyak spirti oksidlanadi va hosil boʻlgan uchuvchan organik kislotalar, emanning oʻziga xos hidli moddalari unga sargʻish rang va Konyak boʻyini beradi. Tayyorlanish texnologiyasiga koʻra, oddiy (3—5 yillik … Читать далее