GULBAHOR

GULBAHOR — Toshkent viloyatidagi shaharcha (1943-y. dan), Yangiyoʻl tumanining markazi (1974-y. dan). G. Yangiyoʻl tumanining jan.-sharqida. Aholisi 12,1 ming kishi (2002), asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Yaqin t. y. stansiyasi Yangiyoʻldan — 6 km. Gulbahordan Toshkentgacha boʻlgan masofa 40 km. G. Eski Qovunchi qishloq yigʻini xududida 1970y. lar … Читать далее

BALIQCHILIK

BALIQCHILIK — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va b.)ning biotexnikasini … Читать далее

YARASHEV

YARASHEV Sattor (1915.26.2, Vobkent tumani — 1991.13.2, Toshkent) — xonanda (lirikdramatik tenor), sozanda (tanbur), Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Toʻla, nihoyatda kuchli, chiroyli va taʼsirchan ovoz sohibi. Ijrochilik uslubi opera xonandaligi hamda milliy ashulachilik anʼanalarining uygʻunlashuviga asoslangan. Moskvadagi Oʻzbek opera studiyasi (1952), Toshkent konservatoriyasi (1972) ni tugatgan. Ashulachilik va tanbur ijrochiligini E. Kurbonovdan, keyinchalik mumtoz ashula … Читать далее

YOGʻMOY SANOATI

YOGʻMOY SANOATI — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yogʻmoy sanoati oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda … Читать далее

BOSMAXONA

BOSMAXONA — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va b.) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan q(. Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 y. larda amalga oshirilgan (Bi Shen). … Читать далее