MAMATBUVA HOFIZ

MAMATBUVA HOFIZ (asli Muxammad Sattorov; 1885.14.1 — Margʻilon — 1969.4.3) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1941). Xalq xonanda va sozandalari (Boltaboy hofiz va b.)dan xalq ashula yoʻllarini oʻrgangan. Hamza boshchiligidagi agitbrigada, Oʻzbek etnografik truppasida (1925—26), Hamza teatrida (1926—30) xonanda. Urush yillari Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh sanʼatkorlarga ashula yoʻllarini oʻrgatgan. G. Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasida xizmat qilgan. Mamatbuva hofiz «Koʻp erdi hasratim», «Bir kelsun», «Aylading», «Kuling», «Figʻonkim», «Sayding qoʻya ber, sayyod» kabi katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. U «Ushshoq», «Chorgoh», «Munojot», «Segoh» ashula yoʻllarini, ayrim zamonaviy qoʻshiqlar («Uzbekistondir», «Shodlik etsangchi yoshlar», «Dilrabolar» kabi)ni katta ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, Mamatbuva hofiz Uzoqov singari oʻnlab xalq sanʼatkorlarining ustozi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x