XOʻJAYEV Qudrat Umarovich

XOʻJAYEV Qudrat Umarovich (1911.5.5 — Toshkent — 1981.9.8) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artista (1956). Moskva teatr sanʼati intini tugatgan (1936). Ijodiy faoliyatini 1929-y. da Toshkent ishchiyoshlar teatrida aktyorlikdan boshlagan. 1936—41 y. larda va yana 1952-y. dan Hamza teatrida aktyor. 2-jahon urushi qatnashchisi. Yangiyoʻl teatrida rej., Samarkand va Namangan viloyat teatrlarining badiiy rahbari (1942—52). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida pedagog (1961 — 81). Fitratning «Arslon» spektaklidagi Imom roli Xoʻjayevning ilk sahnaviy obrazidir. Frans (Shiller, «Karokchilar»), Laert, Kassio (U. Shekspir, «Otello»), Qori (A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), Jogen (R. Tagor, «Gang daryosining qizi»), Sezar (U. Shekspir, «Yuliy Sezar»), Serebryakov (Chexov, «Vanya togʻa»), Sakkokiy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugbek»), Saidxon (S. Azimov, «Qonli sarob»), Ilhom (B. Rahmonov, «Yurak sirlari») kabi rollari bilan shuhrat qozongan. Rej. sifatida «Farhod va Shirin» (Xurshid), «Momakaldiroq» (A. Ostrovskiy), «Halima» (F. Zafariy) singari spektakllarni saxnalashtirgan. Har qanday obrazning tashqi qiyofasi, nutqi, yurishturishini, oʻziga xos odatlarini puxta oʻylardi, shu orqali qahramonining ichki dunyosini ochib berardi. Uning qahramonlari koʻpincha madaniyatli, bilimdon, salohiyatli boʻlardi. X. satirik obrazlar ustasi sifatida ham tanilgan. Shu xususiyatlar kinofilmlardagi obrazlarida ham oʻz aksini topgan (Nargiz, «Alisher Navoiy»; Naziriy, «Hamza»; Naqshobiy, «Ikki dil dostoni» va b.).

Ac: Goʻzallik shaydosiman, T., 1976; Sahnaga yoʻl, T., 1982; Monolog ob aktyorskoy jizni, T., 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x