PARKENT KANALI

PARKENT KANALIToshkent viloyatida kuril gan yirik gidrotexnika inshooti. Kanal viloyatning Boʻstonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlari togʻ oddi yonbagʻiri hududidan oʻtgan. Chirchiq daryosida qurilgan Chirchiq GES kaskadi (Gʻazalkent gidro-uzeli) inshootidan suv….. oladi. Kanal n ing 1-navba-ti (69 km) 1975-1983-y. larda, 2-navbati (14,3 km) 1988—1997-y. larda qurilgan. Uning loyiha uz. 96 km, foydalanishga topshirilgan qis-mi 83,3 km. Kanalning bosh qismi kengligi 6—7 m, chuq. 3,6—3,8 m, quyi qismida esa tegishlicha 2—2,5 va 2,1 — 2,4 m. Bosh qismida eng koʻp suv sarfi 51—57 m3/s, quyi qismida 7-10,4 m3/s Kanal trassasi murakkab relyef va geologik sharoitlarda (tuprokli, qoya va yarim qoya, yirik tosh jinslari) barpo etilgan. Oʻzanning 38,7 km ga beton toʻshama yotqizilgan. Ayrim joylarda tuproq 30—40 m gacha chuqurlikda qazilgan yoki 20 m gacha balandlikda koʻgarmalar barpo kilingan. Kanalda 12 ta dyuker, 8 ta akveduk, 1 ta suv toʻsish inshooti, 1 ta temir yoʻl kuprigi, 86 ta suv chiqargich, 7 ta gidropost, 8 ta toshqin tashlamasi, 8 ta sel tashlamasi, 9 ta seleduk, 46 ta kanal osti quvuri, 21 ta avtomobil kuprigi va b. inshootlar kurilgan. Yirik dyukerlar jumlasiga Oqsoq-otasoy (uz. 204,7 m, suv utkazish imko-niyati 57m3/s), Ulkanotchisoy (54 m3/s), Yuzuriksoy, Yoyilmasoy, Parkentsoy, Otchopkansoy, Samsaraksoy va b. kiradi.

Kanal Chirchiq daryosining chap vodiysidagi 30,3 ming ga sabzavot, gʻalla ekinlari, tokzor va bogʻlarni sugʻorishga xizmat qiladi.

Ziyomiddin Artukmetov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x