MOYLISUV

MOYLISUV — Fargʻona vodiysidagi dare (suvi tarkibida neft bulganidan dare Moylisuv deb atalgan). Fargʻona tizmasidagi Boyboshota togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi Katmonkoʻl kulidan (4000 m), Kerey nomi bilan boshlanadi. Sarasuvsoy, Mustu, Samandiq, Saribiya, Asivaz soylari bilan qoʻshilib Moylisuvni qosil qiladi. Uz. 87 km, eng yirik irmogʻi bilan 107 km. Havzasi 748 km2. M. yuqori oqimida Koʻprikboshi … Читать далее

MOʻGʻULTOGʻ

MOʻGʻULTOGʻ — Qurama tizmasining jan.-gʻarbidagi togʻ. Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Qurama tizmasining gʻarbiy tarmoqlari boʻlmish Oltintopgan va Qoramozor tizmalaridan Mirzarabot beli bilan ajralgan. Jan.-gʻarbiy etaklari Sirdaryo vodiysiga tutashadi. Uz. 85 km chamasida. Eng baland joyi 1624 m (Moʻzbek togʻi), jan.-gʻarbda Katta Supa togʻi (bal. 1277 m gacha) mavjud. Togʻ kuchli parchalangan, … Читать далее

MINGBULOQ BOTIGʻI

MINGBULOQ BOTIGʻI — Qizilqumdagi botiq (Navoiy viloyati). Boʻkantovning jan. etagi boʻylab gʻarbdan sharqqa 100 km, jan. dan shimolga 30 — 35 km choʻzilgan. Umumiy mayd. 5400 km2. M. b. asimmetrik sinklinal tarzida tuzilgan boʻlib, shim. da Boʻkantovning Tubabergen, Aytim, Koʻkpatos togʻlari, gʻarb va jan. dan uncha baland boʻlmagan tepaliklar bilan oʻralgan. Botiqning eng past joyi … Читать далее

MURUNTOV TOGʻLARI

MURUNTOV TOGʻLARI — Tomditov tarkibidagi togʻlar. Markaziy Qizilqum (Navoiy viloyati)da joylashgan. Jan.-sharqsan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Uz. oʻrtacha 26 km. Eng baland joyi 816 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri tikroq. Muruntov togʻlari yon bagʻirlarida quruq soy oʻzani koʻp. Su-vayirgʻich qismida keskin ifodalangan qoyatoshli tik yon bagʻir mavjud. Quyi silur, (besapan svitasi), quyi devon (jengeldi svitasi), oʻrta devon (janubiy … Читать далее

MARGʻILONSOY

MARGʻILONSOY — Fargʻona viloyatidagi soy. Vodil qishlogʻidan quyida Shohimardonsoy shu nom bilan ataladi (q. Shohimardonsoy). Uz. 45 km dan ortiq. Yuqori qismida vodiysi tor. Oʻrta va quyi oqimida Margʻilonsoy vodiysi va uning gidrologik rejimining tabiiy holati keskin oʻzgargan. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m3/sek. Vegetatsiya davrida Margʻilonsoy suvi toʻla sugʻorishga sarflanadi. Margʻilonsoyga quyi oqimida kollektorzovur … Читать далее

PARKENT TUMANI

PARKENT TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-y. sent. da tashkil etilgan. Shim., sharq va jan. da Boʻstonliq, Ohangaron, gʻarbdan Yuqori Chirchiq va jan.-gʻarbdan Oʻrta Chirchiq tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,08 ming km2. Aholisi 115 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Parkent), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boshqizilsoy, Boʻston, Zarkent, Nomdanak, Parkent, Soʻqoq, Hisarak, Changi, Koraqalpoq) bor. … Читать далее

PARKENTSOY

PARKENTSOY — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi soy (yuqori oqimida Kumushkonsoy deb nomlanadi). Uz. 40 km, havzasining mayd. 198 km2. Qizilnura choʻqqisi (3267 m)ning shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan, umu-miy uz. 112 km boʻlgan kattakichik irmoklarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Parkentsoy gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Qorasuv kanaliga quyiladi. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yyutlik suv … Читать далее

PISKOM

PISKOM — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng bosh irmogʻi. Maydontol tizmasining shim. yon bagʻridan oqib tushadigan Maydontol va Piskom tizmasining shim.-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadigan Oygay-ing soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, shim.-sharqdan jan.-gʻarb tomon oqadi va Chorvoq soyligiga kelganda Chatqol daryosi bilan qoʻshilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Uz. 70 km, havzasining mayd. 2840 km2. Piskom … Читать далее

SELDARA

SELDARA — togʻlarda, togʻ oldi qirlarida sel hosil boʻladigan, sel keladigan dara, soy. Odatda, uncha uzun boʻlmaydi, koʻlirmok/tri koʻp hamda kalta boʻladi. Seldara togʻdan chiqishda tor oʻzanli boʻlib, keng vodiyga, tekislikka chiqqanda yoyilma konus hosil qiladi. Пост Навигацияси

SEL OMBORI

SEL OMBORI, selxona, sel saqlagich — sel oqimlarini tartibga solish va hududni sel vayrongarchiligidan muhofaza qilish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti; seddan himoya vositalarining asosiy turi. Sel ombori aksariyat soy oʻzanlarini toʻgʻon bilan toʻsib barpo qilinadi. Toʻgʻonlar tuproq, qumloqi va shagʻalli toshtuproqlar, temirbeton konstruksiyalar va b. dan quriladi. Kichik So. sigʻimi ming va oʻn ming m3, … Читать далее