PARKENTSOY

PARKENTSOYToshkent viloyati Parkent tumanidagi soy (yuqori oqimida Kumushkonsoy deb nomlanadi). Uz. 40 km, havzasining mayd. 198 km2. Qizilnura choʻqqisi (3267 m)ning shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan, umu-miy uz. 112 km boʻlgan kattakichik irmoklarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Parkentsoy gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Qorasuv kanaliga quyiladi. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yyutlik suv sarfi 0,64 m3/sek. Tulinsuv davri mart-iyun oylarida, oqimining 75— 80% shu davrga toʻgʻri keladi. Apr. oyida suvi eng koʻp boʻladi (oʻrtacha 2,5 m3/sek). Parkentsoyda tez-tez sel toshqini ham boʻlib, bu vaqtda suv sarfi 108 m3/sek. gacha ortadi (1967-y. 29 apr.). P. dan Ku-mushkon, Changi, Hisarak qishlokdari hamda Parkent sh. va ular atrofidagi ekin maydonlari suv oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x