MIKORIZA

MIKORIZA (yun. mykes va rhiza — ildiz) , zamburugʻildiz — zamburugʻ mitseliysining yuksak oʻsimliklar ildizi bilan oʻzaro simbiozi (birgaliqda yashashi). Ektotrof (tashqi) va endotrof (ichki) Mikoriza bor. Ektotrof Mikorizada zamburugʻ yosh ildizlarning ustki toʻqimasi uchlariga oʻralib, poʻstloqning tashqi qatlamlaridagi hujayra oralariga kiradi. Endotrof Mikorizada mitseliy hujayralar ichiga kiradi. Ektotrof Mikoriza koʻpchilik daraxtlar (eman, archa, qayin), … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng … Читать далее

METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

PERITSIKL

PERITSIKL (peri… va yun. kyklos — doyra) , perikambiy — oʻsimliklar ildizi, baʼzan poyasi birlamchi meristema hujayralari qavati. Peritsikl epiderma ostida joylashgan, oʻtkazuvchi silindrni oʻrab turadi. Bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralaridan ibo-rat. Birlamchi ildiz P. idan yon ildizlar hosil boʻladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urugʻpallalilar) Peritsikl hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga tutashib, zaxira … Читать далее

MENDEL QONUNLARI

MENDEL QONUNLARI — irsiy belgilarning avlodlarda taqsimlanishi toʻgʻrisidagi G. Mendel yaratgan qonuniyatlar. Mendel qonunlari Mendelning oʻzi yaratgan duragay avlodlarini genetik taxlil qilish metodini qoʻllash orqali olib borilgan koʻp yillik (1856 — 63) tadqiqotlar tufayli asoslab beriddi. Mendel oʻz-oʻzidan changlanuvchi noʻxat oʻsimligining oʻrganilayotgan belgi boʻyicha irsiy toza, yaʼni genotipi gomozigotali hamda fenotipiga koʻra keskin farq qiluvchi … Читать далее

POʻSTLOQXOʻRLAR

POʻSTLOQXOʻRLAR (Ipidae, Scolytidae) , poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. 3000 dan ortiq turi bor, keng tarqalgan. Poʻstloqxoʻrlar chin P., lubxoʻrlar va zabolonniklar (poʻstloq osti qoʻngʻizlari) guruxlariga boʻlinadi. Ularning ayrim turlari poʻstloq ostida, baʼzilari poʻstlokda, boshqalari yogʻochda yoki ildizda, oʻtsimon oʻsimliklar poyasida, ayrim tropik turlari meva va urugʻlarda yashaydi. Tanasi kichik (0,8— 3,5 mm), qoʻngʻir yoki … Читать далее

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), q. x. fanlari d-ri (1962), prof. (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli … Читать далее

POʻKAK

POʻKAK, fellema — 1) oʻsimliklarning ikkilamchi qoplovchi oʻlik toʻqimasi; suberin (poʻkak modda) b-n toʻyingan, zich joylashgan poʻstli hujayralar majmui. Poʻkaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental boʻlinishidan hosil boʻladi. Poʻkak daraxtsimon oʻsimliklar va aksari koʻp yillik oʻtlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, poʻkakli emanning poya va shoxlarida qalin boʻladi. Poʻkak suvni ortiqcha bugʻlanishdan, oʻsimlikni bakteriya, zamburugʻ va … Читать далее

MONOKARP OʻSIMLIKLAR

MONOKARP OʻSIMLIKLAR (mono… va yun. karpos — meva) — hayotida bir marta gullab urugʻlaydigan, keyin nobud boʻladigan oʻsimliklar. M. oʻ. ga, asosan, bir yillik (bugʻdoy, arpa, lolaqizgʻaldoq va b.) va ikki yillik (sabzi, karam, piyoz va b.) oʻsimliklar, koʻp yilliklardan baʼzi bambuklar, palmalar, agavalar va sassiq kovrak kiradi. Пост Навигацияси