MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. Sunʼiylariga transport qatnovlari, por-tlashlar, turli sanoat inshootlarining taʼsiri va b. kiradi. Mikroseysmalar dengiz va okean qirgʻoqlarida, yirik shahar va industrial inshootlar yaqinida kuchli boʻladi. Okean siklonining quruqlikka oʻtishida Mikroseysmalar yanada zoʻrayadi. Ular seysmik st-yalar ishiga salbiy taʼsir etadi va ularning sezgirlik darajasini kamaytiradi. Mikroseysmalarning tebranish davri bir necha sek. dan 10 sek. gacha, amplitudasi 1—5, ayrim vaktlarda 100 mikrongacha yetishi mumkin.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x