MINNESOTA

MINNESOTA — AQSHning shim. qismidagi shtat. Mayd. 218,6 ming km2. Aholisi 5,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Sent-Pol sh. Buyuk koʻllardan gʻarbda joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10—15°, iyulniki 17—22°. Yillik yogʻin 700 mm gacha. Asosiy daryosi — Missisipi. Shim.-sharqida igna bargli oʻrmonlar saqlangan; 10 mingdan … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

GISTOMONOZ

GISTOMONOZ — 2 haftadan 2-3 oylikgacha boʻlgan kurkalar, joʻjalarda oddiy Histomonas meleagridis lichinkalari qoʻzgʻatadigan kasallik. Virus tarkatuvchisi — kasallangan joʻja. Parrandalar asosan tarkibida Heterakis gallinarum nematodalari tuxumi (unda gistomanadlar uzoq muddat saqlanishi mumkin) boʻlgan oziq orqali zararlanadi. Belgilari: ishtaha yoʻqoladi, teztez ich ketadi, boshi qoramtir-koʻk tusga kiradi. 1—3 haftadan soʻng kurkalar nobud boʻlishi mumkin. Tashhis … Читать далее

PARRANDAXONA

PARRANDAXONA — parrandalar as-raladigan bino. Parrandalarning turi va yoshiga, xoʻjalikda foydalanish yoʻnalishiga hamda asrash tizimiga qarab har xil boʻladi. 1 — 120 kunlikkacha boʻlgan tovuq joʻjalari batareyali sexlarda (yerda yoki kataklarda) asraladi. Koʻpchilik xoʻjaliklarda 1 dan 120 kunlikkacha boʻlgan joʻjalar bitta Parrandaxonada boqiladi. Oʻrdak va kurka joʻjalari, baʼzan, dastlabki 10—20 kunda batareyali sexlarda saqlanadi. Goʻsht … Читать далее

SIL

SIL, tuberkulyoz — turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert Kox (1882-y.) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari Gippokrat, Ibn Sino asarlarida xam taʼriflangan. Sil bilan odamlardan tashqari, … Читать далее

CHORVACHILIK

CHORVACHILIK — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va b.), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h. k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar … Читать далее

ISROIL

ISROIL, Isroil Davlati (Medinat Visraʻel) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengiz boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 14,1 ming km2 (BMT Bosh Assambleyasining 1947-y. 29 noyab. qarori bilan belgilangan hudud). Aholisi 5,938 mln. kishi (2001). Asosiy iqtisodiy va madaniy markazi — TelAviv sh. BMTning 1947-y. dagi qaroriga zid ravishda Isroil hukumati 1950-y. da Quddus sh. … Читать далее

SUYAK UNI

SUYAK UNI — soʻyilgan mollar suyagidan yogʻsizlantirilib, bugʻda yelimsizlantirilib tayyorlanadigan va qishloq xoʻjaligi. hayvonlariga, parrandalarga beriladigan mineral ozuqa. Su. mineral moddalarga, ayniqsa, kalsiy (1 kg da 245 g) va fosfor (118 g) ga boy. Asosan, omixta yemlarga, silosga, konsentrat ozuqalarga qoʻshib, maydalangan ildizmevalarga aralashtirib beriladi. Su. ni, shuningdek, baliqlarga, boʻtqa holiga keltirib moʻynali hayvonlarga ham … Читать далее

SHIMOLIY AMERIKA

SHIMOLIY AMERIKA — Gʻarbiy yarim sharning shim. qismidagi materik, Amerika qitasining shim. yarmi. Shim. dan Shim. Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va jan. sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shim. da Merchison burni (71°50 sh. k.), gʻarbda Shahzoda Uels burni (168° gʻ. u.), sharqda … Читать далее

INKUBATSIYA

INKUBATSIYA — (lot. incubatio — tuxum bosish) — 1) parrandachilikda — inkubatorlarda parranda tuxumidan joʻja ochirish. Misr va Sharqiy Osiyoda qadimdan, Yevropada 14-a. dan maʼlum. 19a. oxiri — 20-a. boshlaridan Yevropa va AQSHda amalda keng qoʻllanildi, 20-a. ning oʻrtalaridan uy parrandalarini kupaytirishning asosiy usuliga aylandi. Hoz. zamonaviy parrandachilikda yil boʻyi davom etadi. Uy parrandalarining hamma … Читать далее