MINNESOTA

MINNESOTA — AQSHning shim. qismidagi shtat. Mayd. 218,6 ming km2. Aholisi 5,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Sent-Pol sh. Buyuk koʻllardan gʻarbda joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10—15°, iyulniki 17—22°. Yillik yogʻin 700 mm gacha. Asosiy daryosi — Missisipi. Shim.-sharqida igna bargli oʻrmonlar saqlangan; 10 mingdan ortiq koʻl bor. Temir rudasi (mamlakatda olinadigan rudaning 60%) qazib olinadi. Yetakchi sanoat tarmoqlari: qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, vagonsozlik va kemasozlik). Harbiy, koʻnteri, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Sent-Pol, Minneapolis, Dulut-Syupirior. Q. x. da chorvachilik (sut-goʻsht chorvachiligi) rivojlangan. Shtat sariyogʻ, quruq sut, pishloq i. ch., kurka goʻshti yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bugʻdoy, makka-joʻxori, lavlagi, dukkakliklar, zigʻir ekiladi. Koʻllar va Missisipi da-ryosida kema qatnaydi. Porti — Dulut-Syupirior.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x