MYUNXEN

MYUNXEN — Germaniyadagi shahar, Alp togʻlari etagida, Izar daryosi boʻyida. Bavariya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Elektrotexnika, radioelektronika, optika-mexanika, umumiy va transport mashinasozligi (jumladan, avtomobilsozlik, lokomotivsozlik va samo-lyotsozlik), harbiy, kimyo, trikotaj, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten kurilgan. Maksimilian nomidagi un-t, FA, Nafis sanʼat akademiyasi, Bavariya milliy muzeyi, etnografiya muzeyi, kartinalar galereyasi, gliptoteka (haykaltaroshlik sanʼati muzeyi) va b. bor. M. oʻrnida 8-a. da qishloq boʻlgan. 1158-y. dan shaxar huquqini olgan. 13-a. dan 1871-y. gacha Bavariya poytaxti. Germaniya imperiyasi tuzilgach (1871), shahar Bavariya bilan birgalikda uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 13— 19-a. larda qurilgan binolar saqlangan. Myunxenda muntazam ravishda xalqaro yarmarkalar oʻtkazilib turiladi. 1972-y. da Myunxenda 20-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x