MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

XOTIRA QURILMASI

XOTIRA QURILMASI — elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, sakdash va operator izlaganda «qaytarib berish» uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va b.)ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik … Читать далее

PYATIGORSK

PYATIGORSK — RF Stavropol ulka-sidagi shahar (1830-y. dan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. T. y. stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va q. x. mashinalari z-dlari bor. Ped. va farmatsevtika in-tlari, teatr, … Читать далее

PSIXIATRIYA

PSIXIATRIYA (psixo… va yun. Iatreia — davolash) — klinik tibbiyot sohasi. Psixik kasalliklarning kelib chikish sabablari, belgilari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi, ularning oldini olish, davolash va bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish usullarini ishlab chiqadi. Psixik kasalliklarni dastlab yunon vrachlari oʻrgana boshlaganlar. Gippokrat psixik kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashqi muhitning organizmga salbiy taʼsiri natijasida … Читать далее

KOʻCHIRIQ

KOʻCHIRIQ — baxshi (parixon) tomonidan kishilarni goʻyo turli kasalliklardan xalos qilish maqsadida oʻtkaziladigan gʻayriilmiy amal. Ilgari ruhiy yoki asab kasalligi yovuz ruxlar — jin yoki parilarning kishiga yetkazgan zarari oqibati deb qaralgan. Ayrim kishilar jin yoki parilarni haydab chiqarish, tanadan koʻchirib tashlash orqaligiva bemorni davolash mumkin, deb hisoblaganlar. Ushbu marosim koʻp holdarda kasal kishining xonadonida … Читать далее

SUVNING RADIOAKTIVLIGI

SUVNING RADIOAKTIVLIGI — yer osti, buloq, daryo, koʻl va dengiz suvlarida barcha maʼlum radioaktiv moddalarning mavjudligi. Tarkibida uran, radiy va radon bulgan suvlar amaliy ahamiyatga ega. Bu moddalar suvga atmosferadan va tuproq hamda togʻ jinslaridan yuvilib kelib qoʻshiladi. Togʻ jinslari tarkibida radioaktiv elementlar (uran, toriy, radiy va b.) bulgan minerallar, shuningdek, izotoplari radioaktiv kimyoviy elementlar … Читать далее

NEVRASTENIYA

NEVRASTENIYA (nevr… va yun. astheneia — darmonsizlik) , astenik nevroz, asab toliqishi, asab ojizligi — nerv sistemasinnng uzoq vaqt oʻta tol i kishi, yaʼni ruhiy iztirob natijasida kelib chikadigan kasallik, nevrozlarning bir turi Nevrasteniyaga intoksikatsiya (koʻpincha alkogoldan), infeksiya, oʻta toliqish, toʻyib ovqatlanmaslik, bosh miya shikastlanishi, shuningdek, tez-tez asabga tegadigan va darmonni quritadigan vaziyatlar, kechasi kam … Читать далее

CHOʻLPONOTA

CHOʻLPONOTA — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar (1957-y. dan). Issiqkoʻl koʻlining shim. sohilida. Aholisi I ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shifobaxsh balneobalchiq va iqlimiy kurort. Yozi moʻtadil iliq (iyulning oʻrtacha trasi 17°), qishi yumshoq (yanv. ning oʻrtacha trasi —3°). Yiliga 250 mm yogʻin tushadi. Iqlim terapiyasi, shifobaxsh balchiq va Issiqkoʻlning mineral suvi bor. Asab sistemasi, … Читать далее

TOPOGRAFIK ANATOMIYA

TOPOGRAFIK ANATOMIYA — aʼzolarning oʻzaro joylashuvi va ularning qon tomiri hamda nervlarga nisbatan munosabatini oʻrganadigan fan. Amaliy ahamiyatga (xirurgiyada) ega. Topografik anatomiya tanani ayrim sohalarga ajratib oʻrganadi. Topografik anatomiyada normal anatomiya usullaridan tashqari, murdani qavatmaqavat kesib ochish, muzlatilgan tanani arralash, rangli boʻyoqlar yuborib tomirlarni toʻldirish, rentgenografik, rentgenoskopik va h. k. usullar ham qoʻllanadi. Topografik anatomiyaning … Читать далее

TRAVMA

TRAVMA (yun. trauma — shikayet) — tashqi muhit taʼsirida organizm toʻqimalari va organlar faoliyatining buzilishi. Shikastlovchi omillarga koʻra mexanik, kimyoviy, elektrik, termik, shuningdek, psixik Travma boʻladi. Shikastlovchi omilning taʼsir etish vaqtiga koʻra, oʻtkir va surunkali Travma ; T. ga sabab boʻlgan hodisa va shartsharoitga asosan, ishlab chiqarish., sport, turmush, koʻcha, transport va b. travmalariga ajratiladi. … Читать далее