BANDLIK

BANDLIK, aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat b-n mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va … Читать далее

GOLBREYT

GOLBREYT, Gelbreyt (Galbraith) Jon Kennet (1908.15.10, Kanada, Ontario) — amerikalik iqtisodchi. Hoz. siyosiy iqtisodda institutsionalizm vakili. 1931-y. da Toronto un-tini tugatgan. Amerikaning qator un-tlarida daryo bergan (1931-42). 1943-48 y. lar «Forchun» («Fortune») jurnali muharriri, 1949-y. dan Garvard un-ti prof. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi tarafdori. Golbreyt monopoliyalar faoliyatini boshqarish yoʻli b-n talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni yaratishda … Читать далее

BOZOR KONYUNKTURASI

BOZOR KONYUNKTURASI — muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga koʻra B. k. ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay boʻlishi mumkin. Bozor konyunkturasi talabning oshishi bilan xarakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konyunktura xaridor uchun qulay boʻladi — tovarni … Читать далее

VALYUTA BOZORI

VALYUTA BOZORI — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-y. iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) Valyuta bozoriga boʻlinadi. Shuningdek, Valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro Valyuta bozori lari … Читать далее