VALYUTA BOZORI

VALYUTA BOZORItalab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-y. iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) Valyuta bozoriga boʻlinadi. Shuningdek, Valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro Valyuta bozori lari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Valyuta bozorida muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs. boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 i. 1 yanv. dan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligiyevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x