GOLBREYT

GOLBREYT, Gelbreyt (Galbraith) Jon Kennet (1908.15.10, Kanada, Ontario) — amerikalik iqtisodchi. Hoz. siyosiy iqtisodda institutsionalizm vakili. 1931-y. da Toronto un-tini tugatgan. Amerikaning qator un-tlarida daryo bergan (1931-42). 1943-48 y. lar «Forchun» («Fortune») jurnali muharriri, 1949-y. dan Garvard un-ti prof. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi tarafdori. Golbreyt monopoliyalar faoliyatini boshqarish yoʻli b-n talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni yaratishda davlat asosiy oʻrinda turadigan «muvozanatlovchi kuchlar» nazariyasini ilgari surdi. K. Marksning qashshoqlashish va jamgʻarilish nazariyasini rad etishga urinib, kapitalizm texnika taraqqiyoti natijasida farovonlik taʼminlanadigan yangi jamiyat — industrial jamiyatga oʻsib oʻtishini asoslashga harakat qildi va «yangi industrial jamiyat nazariyasi»ni yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x