YANGI GVINEYa

YANGI GVINEYa (indonez tilida Irian) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi orol. Kattaligi boʻyicha dunyo. da 2-oʻrinda (Grenlandiyadan keyin). Mayd. 829 ming km2 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 771,9 ming km2). Uz. 2000 km dan ziyod, eni 700 km gacha. Gʻarbiy qismi Indoneshya, sharqi PapuaYangi Gvineya davlatlari hududi. Orolning qirgʻoqlari egribugri, quruqlik ichkarisiga ancha oʻyib kirgan qoʻltiqlar bor. … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

DAMAN VA DIU

DAMAN VA DIU — Hindistonning gʻarbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qoʻltigʻiga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar ya. o. ning jan. da joylashgan orol boʻlib, koʻpriklar orqali materik bilan bogʻlangan. Mayd. 112 km2, aholisi 158 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Daman. 1509, 1521 va 1531-y. larda portugallar … Читать далее

GʻAZNAVILAR DAVLATI

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining … Читать далее

BERK KOʻLLAR

BERK KOʻLLAR — suvi oqib chiqmaydigan koʻllar. Berk koʻllar suvlari, asosan, bugʻlanadi va qisman yer ostiga sizib ketadi. Dasht va chala choʻl zonalaridagi berk oʻlkalarda va abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan joylarda koʻp uchraydi. Berk koʻllar Sharqiy Sibir va Saxa (Yakutiya)da, Oʻrta Osiyoda kup. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, Ulik dengiz, Issiqkoʻl va b. … Читать далее

BAFFIN YERI

BAFFIN YERI — Kanada Arktika Arxipelagiaatk eng yirik orol. Mayd. 476 ming km2. Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shim. Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirgʻoqlari baland (2591 m gacha) va fyord koʻp; gʻarbiy qirgʻoklari past. Orolning koʻp qismi yassitogʻ va ayrim togʻlardan iborat. Gʻarbida botqoqlik va koʻl koʻp. … Читать далее

BALXASH

BALXASH — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. BalxashOlakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km2, ozayganda 17 ming km2 boʻladi. Uz. 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. Balxash shim.sharqdan jan.-gʻarbga qarab yarim oy shaklida choʻzilgan. Suv hajmi 112 km3. Havzasining mayd. … Читать далее

BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OʻZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI — BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular eʼtiborini Oʻzbekiston Respublikasi hukumati belgilagan asosiy yoʻnalishlarga qaratuvchi vakillik. 1993-y. 24 avg. da ochilgan. Vakolatxona maqsadi bozor iqtisodiyotiga oʻtish davriga xos islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy, taʼlim, ilmfan va madaniyat, inson huquqlari, demokratiya hamda boshqaruvni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, giyohvandlikka qarshi … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее