PAXTA TOZALASH SANOATI

PAXTA TOZALASH SANOATI — yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P. t. ye. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-y. da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati … Читать далее

PAXTAJIN KB AKSIYADORLIK JAMIYATI

«PAXTAJIN KB» AKSIYADORLIK JAMIYATI — paxta xom ashyosi, jun va bugdoyni dastlabki qayta ishlash majmualari va uskunalarini loyihalash va i. ch. boʻyicha konstruktorlik byurosi. «Oʻzmashsanoat» uyushmasi tarkibida. 1953—94 y. larda paxta tozalash boʻyicha Toshkent Davlat maxsus konstruktorlik byurosi, 1994—2001-y. larda paxta tozalash boʻyicha maxsus konstruktorlik byurosi deb nomlangan. 2003-y. dan hoz. nomda. Toshkent sh. da … Читать далее

PAXTA TOLASI

PAXTA TOLASI — chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasi dan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h. k.), trikotaj va b. ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, … Читать далее

KUZGI SOʻLISH

KUZGI SOʻLISH — ekinlarda uchraydigan noinfeksion kasallik. Kasallikning oʻziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2—3 kun) b-n oʻtishidir. Kasallik asosiy hosilni toʻplash davriga toʻgʻri keladi. Mas, gʻoʻzada kasallangan oʻsimlikning bargi qizgʻish tusga kiradi, biroq dogʻlar hosil boʻlmaydi, poyasi va ildizining koʻndalang kesimi sogʻlom oʻsimliknikidan farq qilmaydi, poyaning oʻtkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos … Читать далее

PAKANA GʻOʻZA

PAKANA GʻOʻZA — boʻyi past, tupi ixcham, hosil shoxlari kalta, tabiiy holda uchraydigan gʻoʻza shakllari va sunʼiy yaratilgan navlari. Pakana gʻoʻza navlari oddiy madaniy navlarni past boʻyli gʻoʻza shakllari bilan chatishtirish, shuningdek, chigit yoki gʻoʻzaning generativ organlariga mutagenlar (kimyoviy modda, gamma nurlar va h. k.) taʼsir ettirish natijasida yaratilgan. Pakana gʻoʻzaning boʻyi 30—70 sm dan … Читать далее

MURAKKAB EFIRLAR

MURAKKAB EFIRLAR — organik birikmalar. Murakkab efirlarda uglevodorod radikali organik yoki anorganik kislotalar radikallari bilan kislorod atomi orqali bogʻlangan boʻladi. Murakkab efirlar tabiatda yogʻlar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kislota efirlari inson va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvi jarayonlarida muxim rol oʻynaydi. Murakkab efirlarning aksarisi suvda erimay, organik erituvchilarda eriydi. Murakkab efirlardan mevalar hidi keladi. Asosan, … Читать далее

MAYIN JUNLI QOʻYLAR

MAYIN JUNLI QOʻYLAR — jun qoplami oʻta zich joylashgan tivit toifasidagi mayin toladan tashkil topgan qoʻylar guruhi. Mayin junli qoʻylar qadimdan urchitiladi. Avstraliya, Yevropa, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina va b. mamlakatlarda boqiladi. Mayin junli qoʻylar teri sathining 1 sm2-maydonchasida 4 — 11 ming jun tolasi joylashgan boʻlib, oʻrtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. Mayin … Читать далее

TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI

TOʻNYUQUQ BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxm. 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—716). UlanBatordan 66 km jan. sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan. va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan. dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

POLISAXARIDLAR

POLISAXARIDLAR — monosaxaridlar kdldigʻidan tuzilgan yuqori molekulali uglevodlar. P. qayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarda keng tarqalgan biopolimerlarning asosiy guruhidan biri; ular organizmda turli funk-siyalarni bajaradi. Koʻplab tarqalgan Polisaxaridlarning umumiy formulasi CnH2mOm. P. ga monosaxaridlar yoki ularning hosilalaridan hosil boʻlgan kondensatlanish polimerlari deb qaraladi. Polisaxaridlar monosaxaridlar tarkibiga koʻra, gomopolisaxaridlar va getero-polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar tarkibida 20 dan ortiq … Читать далее