PAXTA TOZALASH SANOATI

PAXTA TOZALASH SANOATI — yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit P. t. ye. ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-y. da qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885-y. da 9 ta, 1890-y. da 27 ta, 1914-y. da 208 ta paxta tozalash z-di ishladi. Paxtachilik galla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashkari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. 1920-y. larda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, linterlar ishlab chikarila boshlandi, presslar esa Boltik, z-di (Leningrad)dan kel-tirildi. Urushgacha boʻlgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruksiyasi takomillashtirildi: paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari elektrlashtirildi. Paxta tozalash korxonalarining oʻrtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940-y. da Oʻzbekiston P. t. s. da 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi.

Paxta terish maishnashridyan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Tayyorlash mas-kanlariga paxta topshirish surʼati oshdi, paxta tozalash z-dlarida esa 1955-y. dan qurilish-tozalash sexlari kurila boshladi. 1960-y. gacha Oʻzbekistonda 226 quritish-tozalash sexi ishladi. 1960— 65 y. larda Paxta tozalash sanoatida tayyorlanayotgan tola si-fatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qoʻllanildi. 1966—70 y. larda kuritish-tozalash sexlarining texnologik jihozlari takom№tlashtirildi. Tozalash samaradorligi 45% gacha boʻlgan kuchli 30 VP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozalagichlar yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qoʻllanildi. Barcha tayyorlangan paxtani oʻz vaqtida qayta ishlash uchun 1971—75 y. larda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezla-tish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari koʻriddi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruk-siyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli kuritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. 80-y. larda samaradorligi yuqori boʻlgan «Mehnat» paxta tozalagichi, «Paxtakor» tola tozalagichi, RX paxta regenera-torlari yaratildi va ishga tushiriddi. 1980-y. lar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri boʻldi. Paxtaning sifat koʻrsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlaydigan ASX-1 nav aniklagich va VSX-1 nam aniklagichlar yaratildi hamda i. ch. ga joriy qilindi. 1980-y. da 1735,6 ming t paxta tolasi, 217,6 ming t lint, 2387,2 ming t chigit ishlab chiqarildi.

Paxta tozalash sanoati boʻyicha i. t. ishlari 1990-y. gacha Toshkent sh. da joylashgan Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi i. t. in-ti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati i. t. in-ti (SNIIXprom; 1926) da olib borilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng respublika P. t. s. ning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. Paxta tozalash sanoati mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni «Eksportlyon» tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90-y. lar boshidan respublika paxta tolasi va Paxta tozalash sanoatining boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hoz. davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shveysariya va b. mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va b. xorijiy davlatlar il-miy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari i. ch. ga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladigan k-tlar qurilishi boshlandi.

Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatida 128 ta paxta tozalash korxonasi (z-di), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor (2003). Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashinalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar oʻrnatilgan. 2000—2003-y. larda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushirildi, 20 dan ortiq korxo-na rekonstruksiya qilindi. Oʻzbekistonda paxta tozalash korxonalarida yagona texnik siyosat olib borish vazi-fasi «Oʻzpaxtasanoat» uyushmasi zimma-siga yuklatilgan. Respublikada 992,8 ming t tola, 70,9 ming t lint, 1544,7 ming t chigit tayyorlanadi (2003; 2000-y. da tegishlicha 995,1; 64,8; 1517,6).

Paxta tozalash sanoati Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Misr kabi asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda ayniqsa rivojlangan.

Vohid Rakipov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x