MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta … Читать далее

PETRUSHKA

PETRUSHKA (Petroselinum L.) – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Bi-rinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — … Читать далее

KATTA GʻOʻZA BITI

KATTA GʻOʻZA BITI (Acyrthosiphon gossypii Mordv.) — afidiidlar oilasiga mansub qanotli yoki qanotsiz hasharot. Tanasining uz. 3,5—4,0 mm. Qanotli va qanotsiz tirik tugʻadigan urgʻochilari och-yashil yoki sariq tusda boʻlib, koʻzlari qizil. Shira chiqazuvchi naychalari va dumi ingichka, tana uzunligining yarmicha keladi. Tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi sariqqoʻngʻir tusli. Yil davomida bir necha partenogenetik (urugʻlanmasdan tugʻish) va bitta … Читать далее

PALMADOSHLAR

PALMADOSHLAR, palmalar (Palmae yoki Agesaseaye) — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. Palmadoshlarning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Ameri-kada, Palmadoshlarning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi. Baʼzi turlari … Читать далее

MAVRAK

MAVRAK (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi. 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor Mavrak ekib oʻstiriladi; boʻyi 50 sm. Barglari choʻziq yoki keng nashtarsimon, uzun bandli (poyaning yuqori qismidagisi bandsiz), qarama-qarshi joylashgan. Gullari koʻk, binafsha, poya shoxlarining uchida soxta toʻpgul hosil qiladi. Bargida … Читать далее

OʻSMA

OʻSMA — karamguldoshlarga mansub koʻkimtir, tuksiz ikki yillik oʻt. Vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Ilgari Gʻarbiy Yevropada nil boʻyogʻi olish uchun ekilgan. Birinchi yili toʻpbarg hosil qiladi. Ikkinchi yili toʻpbarg boʻyi 25—100 sm boʻlgan poya chiqaradi, shoxlaydi. Barglari choʻziq nashtarsimon, poyadagilari bandsiz, cheti tekis, poyani oʻragan, roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Aprelsent. oylarida gullab, mevalaydi. … Читать далее

OʻSISHNI BOSHQARUVCHI MODDALAR

OʻSISHNI BOSHQARUVCHI MODDALAR — oʻsimliklarning generativ va oʻsish jarayonlarini jadallashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi (susaytiruvchi) bir qator tabiiy va sintetik birikmalar. Oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar (oʻsish stimulyatorlari) va oʻsishni toʻxtatuvchi moddalar (oʻsish ingibitorlari)ga boʻlinadi. Q. x. ekinlariga ishlov berishda qoʻllaniladi. Tabiiy oʻsishni tezlashtiruvchi moddalarga fitogormonlar, shuningdek, baʼzi vitaminlar; sintetik oʻstiruvchi moddalarga geteroauksin va uning analoglari, indolilmoy kislota va … Читать далее

TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: … Читать далее

TUNLAMLAR

TUNLAMLAR, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan … Читать далее

KUZGI SHUDGOR

KUZGI SHUDGOR — tuproqning nam koʻp saqlanadigan haydalma qanatini koʻzda yumshatish; kelasi yil bahorida ekinlar ekish uchun yerni koʻzda haydash. Bunda tuproqning yuza qatlamidagi strukturasiz qanati tubiga tushib, yuza qanatda struktura bir oz tiklanadi. Tuproq-iqlim va tashqiliy-xoʻjalik sharoitlarga qarab shudgorlash usullari hamda turlari oʻzgarib turadi. Kuzgi shudgor dehqonchilikda qadimdan royat muhim ahamiyatga ega boʻlgani sababli … Читать далее