MOMIQ PAXTA

MOMIQ PAXTA — xar xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. Momiq paxta tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) xar xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va savalab mayinʻ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy moddalar bilan kaynatilib) … Читать далее

MASHINASOZLIK SANOATI

MASHINASOZLIK SANOATI — xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq … Читать далее

MIKROSKOP

MIKROSKOP, zarrabin (mikro… va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M. ning kattalashtirishi difraksion hodisalar (q. Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—2000-martani tashkil qiladi. Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar urtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,20 mm ni … Читать далее

MONROVIYA

MONROVIYA — Liberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga … Читать далее

METALLURGIYA

METALLURGIYA (yun. metallurgeo – yerdan qazib chiqaraman) — rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar «berish» haqidagi fan; sanoat tarmogʻi. Metalli rudalardan metallarni ajratib olish qadimdan maʼlum. Arxeologik qazishmalarning dalolat berishicha, mil. av. 7—6-asrlardayoq ajdodlarimiz mis olish sirlarini bilishgan. Mil. av. 2-ming yillikda misning qalay bilan qotishmasi — … Читать далее

MASS-SPEKTROSKOPIYA

MASS-SPEKTROSKOPIYA, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t — massa, ye — ion zaryadi) mass-spektrometrlar b-n oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar mikdori topiladi. M.s. tatbikiy … Читать далее

MANGALOR

MANGALOR — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Karnataka shtatida. Aholisi 587 ming kishi (2001). Arabi-ston dengizi sohilidagi port (chetga kofe, sandal daraxti, ziravorlar, temir rudasi chiqariladi). Aeroport bor. Q. x. maxsulotlari (asosan, kofe) qayta ishlanadi. Kulolchilik-keramika, kimyo oʻgʻitlari z-di, metallurgiya k-ti, un-t bor. Turizm rivojlangan. Пост Навигацияси

METROLOGIYA

METROLOGIYA (yun. metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) … Читать далее

MEKSIKA

MEKSIKA (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Meksika — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5 fev. dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, … Читать далее

PERM VILOYATI

PERM VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1939-y. 3 okt. da tashkil etilgan. Sharqiy Yevropa tekisligining shim.-sharqi va Oʻrta hamda Shim. Uralning gʻarbiy yon bagʻirlarida joylashgan. Perm viloyati tarkibiga Komi-Permyaklar muxtor okrugi kiradi. Mayd. 160,6 ming km2. Aholisi 2824,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (83,9%), shuningdek, tatar (4,9%), komi-permyak (4,0%), boshqird (1,7%), ukrain (1,5%), udmurt (1,1%) … Читать далее