PALINGENEZ

PALINGENEZ (yun. palin — yana, qay-ta va…genez) — organizm embriogene-zida takrorlanadigan mazkur tur filogeneziga moye keladigan jarayonlar. «Palingenez» terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) biogenetik qonun tamoyillarida taklif etgan. Palingenezga misol qilib (Gekkel boʻyicha) yuksak umurtqalilar embrionida ular ajdodlarini voyaga yetgan davri uchun xos boʻlgan, hoz. tuban xordalilar va tuban umurtqalilarda ham mavjud boʻlgan ekto … Читать далее

SKATLAR

SKATLAR (Batomorpha yaʼni Batoidei) — togʻayli baliqlar sinfiga mansub baliqlar katta turkumi (baʼzan turkum). Tanasi yassi, keng disksimon yoki rombsimon, uzunligi bir necha sm dan 6—7 m gacha, vazni 2,5 t gacha. Terisi yalangʻoch yoki pixlar bilan qoplangan. Jabra yorikdari 5 ta, qorin tomonida joylashgan. Koʻkrak suzgichlari qirrasi, boshi va tanasi yoniga tutashgan. Orqa suzgichlari … Читать далее

UMURTQALILAR

UMURTQALILAR, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hoz. zamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va b. joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi … Читать далее

UGORSIMONLAR

UGORSIMONLAR (Anguilliformes) suyakli baliqlar turkumi. Uz. 10 sm dan 3 m gacha, vazni 15 g dan 65 kg gacha. Shakli ilonga oʻxshash. Jabra yoylari nurlari 6—51 ta; baʼzan boʻlmaydi. Suzgich pufagi ochiq, suzgichlari tikansiz. Orqa va anal suzgichlari uzun. Qorin, baʼzan koʻkrak suzgichlari boʻlmaydi. Yelka kamari suyagi miya qutisi bilan tutashmagan. Lichinkasi bargsimon, shaffof. 23 … Читать далее

XORDALILAR

XORDALILAR (Chordata) — ikkilamchi ogʻizli hayvonlar tipi. Oʻq skeleta — xorda ichak ustida joylashgan. Koʻpchilik X. hayoti davomida xorda ustida joylashgan nerv nayi saqlanib qoladi. Keyinchalik nerv nayidan bosh miya va orkd miya hosil boʻladi. Suvda yashovchi X. xalqumi devoridagi juft jabra yoriqlari hayot davomida saklanadi. Quruqlikda yashovchi oʻpka bilan nafas oladigan Xordalilarda jabra yoriqlari … Читать далее

TOʻGARAK OGʻIZLILAR

TOʻGARAK OGʻIZLILAR (Cyclostomata) — jagʻsizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa oʻxshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti togʻaydan iborat. Juft suzgich qanotlari yoʻq. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon ogʻzini (nomi shundan) halqa togʻay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh … Читать далее

HALQALI CHUVALCHANGLAR

HALQALI CHUVALCHANGLAR (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi. Chiqarish organi nefridiyalardan ibo-rat. Bosh miya, halqum … Читать далее

CHALAXORDALILAR

CHALAXORDALILAR (Hemichordata) — umurtqasizlar tipi. Ilgari xordalilar kenja tipi sifatida qaralgan. Xordaga oʻxshash organ — notoxordasi, jabra yoriklarining boʻlishi bilan xordalilarga oʻxshab ketadi. Chalaxordalilar 2 yonlama simmetriyali, selomik hayvonlar. Gavdasi 3 boʻlim: xartum, yoqacha va tanadan iborat. Har bir boʻlimning oʻz sellomik xaltasi boʻladi. Notoxorda — ichakning uchi berk oʻsimtasi Xartum uchun tayanch vazifasini bajaradi. … Читать далее

TOGʻAYLI BALIQLAR

TOGʻAYLI BALIQLAR (Chondrichthyes) — umurtqalshshr sinfi. Uz. 6 sm dan 20 m gacha. Skeleti togʻay, terisi plakoid tangachalar bilan qogatangan yoki tangachalar boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 5—7, baʼzan 4 juft, tashqariga ochiladi: jabra qopqoqlari boʻlmaydi. Suzgich pufagi yoʻq. Ichagida spiral klapan, yuragida arterial konus bor. Anal va siydik chiqarish teshigi qorin suzgichlari asosida. Ichki urugʻlanadi. Kopulyativ … Читать далее

JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR

JABRA ORQALI NAFAS OLUVCHILAR (Branchiata) — boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi; 1 sinf — qisqichbaqasimonlarni oʻz ichiga oladi. Birlamchi suv hayvonlari, ayrim turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Odatda jabralar orqali nafas oladi. Jabra orqali nafas oluvchilar jabrasi oyoklari epipodat oʻsimtasi yoki shaklan oʻzgargan oyoqlar hisoblanadi. Juda mayda turlarida jabra boʻlmaganligi uchun tana yuzasi orqali nafas oladi. Qurukliqda yashashga … Читать далее