HALQALI CHUVALCHANGLAR

HALQALI CHUVALCHANGLAR (AppePya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi maʼlum. Gavdasi bir necha mm dan 3 m gacha (tro-pik yomgʻir chuvalchangi). Segment (hal-qa)larga boʻlingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli oʻsimta — parapodiyalar bor. Qon oʻtkazish sistemasi yopiq. Teri, baʼzilari jabra orqali nafas oladi. Chiqarish organi nefridiyalardan ibo-rat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit (q. Ger-mafroditizm). 4 sinfi: koʻp tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x